Puldan foydalanish g‘oyasi albatta juda ajoyib! Ammo aksariyat kishilar puldan foydalanish fikri ilk bor kimning miyasiga kelganligini va biz pulni nega qadrlashimizni bilishmaydi.
Ming yillar ilgari hali pul muomalaga kiritilmagan edi. Qadimgi odamlar molni almashtirish yo‘li bilan savdo qilishgan. Bu agar unga o‘zida yo‘q narsa kerak bo‘lib qolsa, u shu narsasi mavjud odamni topish kerak deganidir. U o‘ziga kerak narsaning egasiga biror bir narsani tavsiya qilishi, agar uning moli savdolashuvchi sherigiga kerak bo‘lmasa u o‘ziga kerak narsani ololmas edi.
Vaqt o‘tishi bilan ayrim narsalar pul sifatida foydalanila boshlandi, zero hamma ularga ega bo‘lishni xohlardi. Masalan, bir paytlar sigir, tamaki, g‘alla, hayvon terilari, tuz va munchoqlar kabi hammaga birdek kerak narsalar pul o‘rnida muomalada bo‘lgan.
Keyinchalik bu narsalarni bir parcha temir siqib chiqardi. Ko‘pincha bu parcha temir oltin yoki kumushdan iborat bo‘lardi. Keyinchalik tangalar maxsus tozalikdagi va og‘irlikdagi metallardan yasaladigan bo‘ldi. Ularga muayyan miqdordagi tovarlarni olish mumkin edi. Bir nechta tanga, aytaylik bir sigirga, yoki 10 kg tamakiga yoki boshqa biror mahsulotga teng hisoblanardi.
Bugun bizlarning ixtiyorimizda qog‘oz pullar va tangalar mavjud. Bu pullarni hukumat chiqaradi, barcha odamlar esa ularni olib foydalanadilar. Xo‘sh, bizga pul nima uchun kerak o‘zi? Biz ularni nega qadrlaymiz? Avvalo shuni aytish lozimki, biz pul vositasida to‘rtta muhim narsani amalga oshirishimiz mumkin.
Birinchidan, biz pul yordamida ayirbosh yoki savdo qilishimiz mumkin. Aytaylik, siz velosiped xarid qilmoqchisiz, hatto uning uchun pul ishlab topishga ham, misol uchun birovning chimzorini o‘rib berishga ham rozisiz. Biroq siz chimzorida mehnat qilgan kishingizda velosiped yo‘q, u sizga velosiped emas, balki pul beradi. Siz esa pulni olib, do‘konga borasiz va velosiped xarid qilasiz. Pullar yordamida siz o‘z mehnatingizni istalgan buyumga almashtirishingiz mumkin.
Ikkinchidan, pul — bu qiymat miqdoridir. Bu degani — pul vositasida ko‘p buyumlarning qiymatini bir-biriga qiyoslash, taqqoslash mumkin. Masalan, siz, haligi aytilgan chimzorni o‘rish uchun soatiga 1,5 funt pul olasiz deylik. Velosiped esa 50 funt turadi, demak siz velosipedning narxi va o‘z mehnatingiz narxi to‘g‘risidagi ma’lum tasavvurga ega bo‘lasiz.
Uchinchidan, pul bu qiymat zahirasidir. Siz, aytaylik yig‘ib-terib olgan pomidor hosilini uzoq saqlab turolmaysiz, sababi ular tezda buzilib qolishi mumkin. Agar, siz ularni sotsangiz, pullarni istagancha asrab qo‘ya olasiz.
To‘rtinchidan, pul — bo‘lajak xarajatlar uchun to‘lov negizidir. Siz velosiped uchun 10 funt berib, qolganini keyin olib kelib berishingiz mumkin. Axir siz do‘kon sotuvchisiga pomidor, yoki tuxum, yoki futbol koptogini berib savdolasha olmaysizku?! Siz sotuvchi bilan pulning qolganini keyin olib kelib berish to‘g‘risida kelishib oldingiz, demak pulni siz bo‘lajak xarajat uchun to‘lov sifatida ishlatyapsiz.