1453 yil Konstantinopol turklar tomonidan istilo qilinib, Usmoniylar imperiyasining poytaxtiga aylangach, Moskva pravoslav dinining yangi markazi bo‘lib qoldi. Buyuk Knyaz Ivan 3 (1462—1505) 1472 yilda Vizantiyaning so‘nggi imperatorining jiyani Sofya Paleologga uylangach, Rossiyaning gerbi qilib Vizantiyaning ikki boshli burgutini tanladi. U o‘zini mo‘g‘ul‑tatarlardan mustaqil davlat deb e’lon etish orqali yangi rus davlatining tamal toshini qo‘ydi. Zero, ungacha 250 yil mobaynida Rossiya mo‘g‘ul‑tatarlarning hukmronligida yashab kelgan edi.
Ivan 3 Novgorod yerlari va boshqa knyazliklar hududi hisobiga o‘z yerlarini kengaytirdi, o‘z poytaxti Moskvadagi Kremlni qaytadan qurdirib, biri-biridan ajoyib soborlar, saroylar va minorali devorlarni bunyod ettirdi.