XVI—XVII asrlar sayyohlarining hikoyalariga qaraganda, bunday toshbaqalar Madagaskarda juda ko‘p uchragan. Ular 2000—3000 tadan bo‘lib, poda bo‘lib yurgan. Hindistonga yo‘l olgan kemalar toshbaqalardan g‘amlab olish uchun albatta, mana shu orolga to‘xtab o‘tgan, bu bahaybat jonivorlarni bosib tutib, Yevropa bozorlariga olib borib sotishgan.
Hozirgi paytda bu jonivorlar deyarli qirilib ketgan. Ammo hali ham Galapagos orollarida uchraydi.
Fil toshbaqalarning uzunligi bir yarim metr, eni ham deyarli shuncha, balandligi esa bir metrga yaqin keladi. Ular zohiran, baland oyog‘i va shchitlarining qora rangi bilan uzun bo‘yli toshbaqalardan farq qiladi.
Fil toshbaqa qumanjir va maysalar bilan oziqlanadi. Ular suvni xush ko‘radi va juda ko‘p ichadi, cho‘chqa axlat joydan zavq olgani kabi u suv o‘tlaridan hosil bo‘lgan balchiqda nash’u namo topadi. Bordiyu ularning yaylovi suvsiz bo‘lsa, bu holda ular suvloqqa har kuni boravermaydi, chunki ular qovug‘ida suvni g‘amlab oladi va uni zaruratga qarab sarflaydi. Fil toshbaqalar uzoq muddat ovqat yemasligi mumkin. Uni bir gal kemada olib yurishganda 18 oy och qolgan, ammo belgilangan manzilga yetib kelganda mutlaqo sog‘lom va hatto semirib ketgani aniqlangan.