Er cho‘chqasi qanday hayvon?

Er cho‘chqasi Janubiy Afrikada yashaydi. U — uzun quloqli, o‘tkir tirnoqli va uzun yopishqoq tilli hayvon. Bu hayvon haqiqatan ham nimasi bilandir cho‘chqani eslatsa-da, u aslida chumolixo‘rlarga mansubdir. U o‘zining o‘tkir tirnoqlari bilan chumoli inlarini kavlaydi, kavlaganda ham belkurakli odamdan tezroq kavlaydi.

Er cho‘chqasi chumolilar va qirchumolilarni uzun yopishqoq tili bilan tutib yeydigan, 1,5 metr atrofidagi tungi hayvon hisoblanadi.