Evkalipt, asosan, Avstraliya daraxtidir. Ammo u dunyoning boshqa iqlimi issiq bulgan mamlakatlarida ham o‘stiriladi. Uning yaproqlari ajratib chiqaradigan hidli modda havoni tozalash, bezgak yuqtiruvchi hasharot va pashshalarni haydash xossasiga ega.
Evkaliptning 500 dan oshiq turi bor. Uning yog‘ochi oq tusdan pushti ranggacha bo‘ladi. Ammo yaproqlari hamisha bir xil: ingichka, tekis va vergul shaklida qayrilgan bo‘ladi. Ular kun davomida Quyosh nurlari tekis yuzaga tushmasligi uchun bir tomondan boshqa tomonga buriladi. Evkalipt yaproqlaridagi hidli modda ayrim turdagi dorilarni tayyorlashda, yog‘ochi kemasozlikda ishlatiladi, uning po‘stlog‘idan esa oshlovchi modda sifatida foydalaniladi.