Ko‘pchiligimiz qishloq joyda yashamaganimiz uchun ham donli ekinlarga ishlov berish uchun zarur bo‘lgan tajriba va bilimlarga ega emasmiz. Ayrim kishilar dehhon donni yerga sepgach, omadi kelib, ob-havo ham turib bersa bas, mo‘l hosil olinaveradi, deb hisoblaydi.
Bugungi kunda donli ekinlarning urug‘lari ilmiy nazoratda turadi. Bunday nazorat boshlanganiga 50 yildan oshdi. Olimlar shu vaqt ichida barcha turdagi donli ekinlarni yetishtirishning yangi usulini topishdi. Ayni bir o‘simlikning otaligidan onaligiga tushgan gulchang mutlako yangi sifatli don hosil bo‘lishiga yordam beradi.
Bu o‘simliklarning ayrimlari nimjon bo‘lgani bilan boshqalari istalgan sifatga ega bo‘ldi. Ushbu jarayon qaytarilishi hamda eng yaxshi o‘simliklarning doni urug‘likka qoldirilishi bilan bu sifatlar mustahkamlanib bordi va tug‘ma xususiyatga aylandi. Bunday yo‘l bilan yaratilgan o‘simliklarning afzalligi nimada? Ular turli xil kasalliklar va zararkunandalar va kuchli shamol ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak edi.
Keyinchalik birinchi usul natijasida tug‘ma sifatlarga ega bo‘lgan o‘simliklar chaparasta chalglanganda duragay o‘simlikning yangi doni yanada foydaliroq sifatlarga ega bo‘lishi mumkinligi kashf etildi. Bir tarafdan, duragay donli ekinlar mo‘lroq hosil bera va mahsuldorroq bo‘la boshladi. Ular o‘z ajdodlariga nisbatan kasalliklarga chidamli, poyasi ham baquvvat edi. Boshqacha aytganda, duragay donlilar ajdodlarining tug‘ma sifatlarini o‘zida jamuljam etib, a’lo sifatli donli ekin navlariga aylandi.
Bugungi kunda duragay donli ekinlar Amerika Qo‘shma Shtatlarining barcha boshoqli ekinlar ekiladigan yerlarida o‘stirilmoqda. Donli ekin urug‘lari oilaviy fermalar va alohida fermalarda sotish uchun yetishtiriladi. Ishlab chiqaruvchilar har yili mavjudlaridan afzal yangi duragay navlar yaratish uchun yangidan-yangi duragaylash kombinatsiyalarini sinab ko‘rishmoqda.
AQShda donli o‘simliklar yetakchi qishloq xo‘jalik ekinidir. Bu yerda har yili 2 500 000 bushel g‘alla yetishtiriladi. Albatta, shuning ma’lum bir qismigina duragay navlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Ammo navi past galla ham sanoat uchun u yoki bu darajada kerak bo‘ladi. Undan sovundan qog‘ozgacha bo‘lgan turli-tuman mahsulotlar ishlab chiqariladi. Olimlar kundan-kun donli ekinlar ishlatiladigan yangi-yangi sohalarni qidirib topishmoqda. Ajab emaski, kelgusida g‘alla asosan, oziq-ovqat uchun ishlatilmaydigan vaqtlar ham keladi. Shunda u barcha turdagi ajoyib mahsulotlar ishlab chiqarilishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.