Buyuk Yekaterina kim bo‘lgan?

Buyuk Yekaterina (1762—1796) o‘zining taxtdan qulatilgan eri Pyotr 3 ning vafotidan keyin (imperatritsa) malika bo‘ldi. Buyuk Yekaterina 2 Pyotrning ishlarini davom ettirdi. U Qora dengiz yerlarini bosib oldi, shu tufayli Rossiya Janubiy Yevropa bilan savdo-sotiq qilish uchun Odessa kabi bandargohga ega bo‘ldi.

Ekaterina krepostnoy dehqonlarning qismatini yengillatish tarafdori bo‘lib, dvoryanlarni ham shunga da’vat qilardi. Ammo hamma ham uning da’vatlariga bo‘ysunavermas edi. Pomeshchiklar o‘z yerlarida to‘la hukmdor edilar. Shu boisdan dehqonlar deyarli qullar darajasiga tushib qoldilar.