Ma’lumki, burgalar itlar terisida yashaydigan va ularni mudom qashishga majbur etadigan zarraday mavjudot. Ammo burgalarning 900 ga yaqin turi borligini bilasizmi?
Burgalar parazit hasharotlar turiga kiradi. Bu uning boshqa hayvonlar tanasida hayot kechirishidan dalolat beradi. Ular sutemizuvchi hayvonlar, jumladan insonlar, parrandalar tanasida ham yashaydi. Odam uchun burga chivindan so‘ng turadigan yoqimsiz hasharot. Ular juda qadimdan uy hayvonlari va ularning egalariga parazit tashib kelishi bilan dunyo bo‘yicha odamlar maishiy turmushiga singishib ketdi.
Burgalarning chaqishi ancha-muncha yoqimsiz, ammo bu bundan xavfsirashda muhim o‘rin ham tutmaydi. Burgalar juda jiddiy, masalan terlama, qora o‘lat singari fojiali kasalliklarni keltirib chiqaradi. Burgalar o‘z tuxumini hayvon tanasiga qo‘yadi, shu yerda yoki hayvon yotadigan joyda yashaydi. Tuxumlar hayvon harakat qilgan payti butun tanasiga yoyiladi.
Tuxumni yorib chiqqan lichinkalar, o‘sishi barobarida jun tolalariga yo‘rgaklanadi va oqibatda voyaga yetadi. Tuxumdan chiqqandan to voyaga yetgunga qadar bu hasharot yigirma sakkiz — qirq sakkiz kun odam tanasida yashaydi. Tropik kalamushlar burgasi bu muddat yigirma bir kunni tashkil etadi.
Katta burgalarning qanoti bo‘lmaydi. Biroq uning oyoqlari juda rivojlangan bo‘ladi va ular tufayli sakray oladi, darvoqe ayrim burgalar sakrashga juda usta bo‘ladi. Ayrimlari yigirma santimetrgacha yuqoriga, o‘ttiz santimetrgacha uzunlikka sakray oladi!
Burgalarning og‘zi hayvonlarning terisini tishlab olish va qonini so‘rishga moslashgan, qon uning birdan bir ozuqasidir. Uning tanasi juda yapasqi.
Tropik va issiq mintaqalar burgalar uchun qulay joylar hisoblanadi, ammo bu parazitlar qutblarda va sahrolarda ham uchraydi. Shimoliy Amerikada eng keng tarqalgani odam burgalari, it va mushuk burgalaridir. Bu uch tur ko‘rinishidan qat’i nazar, odamni ham, itlarni ham, mushuklarni va boshqa hayvonlarni ham kasallikka chalintiradi.