Aktsiyalar (ba’zan ularni bonlar ham deyishadi) — tijorat kompaniyalari pul yig‘ish maqsadida aholiga sotadigan qimmatli qog‘ozdir. Biror yangi kompaniya ochish uchun yoki mavjud kompaniyaga yangi uskunalar sotib olish uchun juda ko‘p pul kerak bo‘ladi. Bu pullarni topish uchun kompaniyalar minglab, ba’zan hatto millionlab aktsiyalarni chiqaradilar.
Kompaniya aktsiyasini sotib olgan kishi uning egalaridan biriga aylanadi. U korxona egasi yoki aktsioner, aktsiyador sifatida dividendlar olishga yoki kompaniya foydasidan ma’lum qism oladi. Dividendlar miqdori kompaniya mazkur yilda shug‘ullangan faoliyat turiga qarab yildan yilga o‘zgarib borishi mumkin.
Aktsiyalarning ikki xili mavjud: oddiy aktsiya va imtiyozli aktsiya. Oddiy aktsiya egasi har yili aktsiyadorlar majlisida ishtirok etish, kompaniya direktorlarini saylashda ovoz berish huquqiga ega buladi. Imtiyozli aktsiyaning nomidan ham ma’lumki, uning egasi oddiy aktsiya egasiga berilmagan ayrim imtiyozli huquqlarga egadir. Dividendlar to‘lash chog‘ida imtiyozli aktsiya a’zolari o‘ziga xos imkoniyatlarga egadirlar. Imtiyozli aktsiyalarga beriladigan dividendlar ma’lum miqdorda oldindan to‘lanadi. Vaholanki, oddiy aktsiyalarga beriladigan dividendlar kompaniyaning muayyan davrdagi ishining natijalariga bog‘liq tarzda beriladi. Agar kompaniya tarqalib ketadigan bo‘lsa, birinchi galda imtiyozli aktsiya egalari bilan hisob-kitob qilinadi, keyin oddiy aktsiya egalariga navbat keladi.
Kishi aktsiya yoki bonni sotib olar ekan, uni boshqa bir investordan sotib oladi, sotganda ham boshqa bir investorga sotadi. Aktsiyalar sotiladigan va sotib olinadigan bozorga — birja deb ataladi.
Aktsiyalar brokerlar — orqali sotiladi va sotib olinadi. Brokerlarning vazifasi investorlarning aktsiyalarini sotib olish va sotishdan iboratdir. Aktsiyalarning narxi sherik kompaniyalarning ishiga, tijorat ishlarining sharoitlariga, savdo-sotiq va boshqa sabablarga ko‘ra o‘sib borishi yoki aksincha pasayishi ham mumkin.