Ginnesning rekordlar kitobidan

ENG UZOQ DAVOM ETGAN DARS

Vengriyaning Pech shahridagi Klara Leova nomidagi o‘rta maktabda bo‘lib o‘tan vengr tili va adabiyoti darsi 24 soatga cho‘zildi. O‘qituvchi Shabolch Zalay 34 o‘quvchiga 18 iyundan 19 iyungacha (1999 yil) bo‘lgan muddatda ta’lim berib charchamadi ham.

ESKALATORDA REKORD

Shri Lankalik Arulanantam Saresh Yakim Barvuddagi (Avstraliya) “Uestfild” savdo markazidagi eskalatorga 145 soatu 57 minut davomida chiqib tushgan. Uning 25 mayda boshlangan “sayohat”i 31 mayda (1998 yil) nihoyasiga yetgan va u 225,4 km masofa zabt etgan.

ENG KO‘P ILON “O‘PISh”

AQShlik Gordon Keyts navbati bilan dunyoning eng zaharli 11 ilonida “bo‘sa oldi” (1999 yil 25 tsentyabr). U 10 ta ko‘zoynakli ilon bitta 5,57 metrli qirol ilonni “o‘pish”dan ham qo‘rqmadi.

HAVODA JAHON BO‘YLAB ENG TEZ SAYoHAT

FAI (Xalqaro ayeronavtlar federatsiyasi) talablari asosida eng tez uchish musobaqasi 1995 yil 15-16 avgustda o‘tkazilgan va 31 soat, 27minut, 49 sekund davom etdi. Unda Frantsiyaning “Konkord” samolyoti rekordni qo‘lga kiritdi. “AG‘1995” samolyoti Kennedi ayeroportidan (Nyu-York, AQSh) ko‘tarilib, g‘arb tomon Tuluza, Dubay, Bangkok, Guam, Gonolulu va Akapulko orqali uchgan.

ENG QIMMAT UY

1997 yilning 12 may kuni mashhur siyosiy maslahatchi Erik Xotungning Gonkongdagi uyi 101 909 312 dollarga o‘zini tanitishni istamagan boyvuchchaga sotildi.

ENG YIRIK TELEKOMMUNI-KASIYa KOMPANIYaSI

Tokioda joylashgan “Nippon Telegraf and Telephone Korporation” (NTT) dunyodagi eng yirik telekommunikatsiya kompaniyasi sanaladi. 2000 yilda kompaniyaga 979 56 mln. dollar kirib, shundan 2821 mln. dollar sof foyda qolgan.

Hindistonlik Niina va Muhammad Chaudxarilar 1989-1991 yillari dunyo bo‘yicha eng birinchi va tez avtomobilda sayohatni amalga oshirdilar. Ular 40075 km masofani (ekvator masofasidan ham uzun) 69 kun, 19 soat, 5 minutda, 1989 yil 9 tsentyabrdan 17 noyabrgacha bosib o‘tganlar.

* * *

Isroillik Tel Bertning bir o‘zi mototsiklda jahon bo‘ylab, 21329 km masofani bosib o‘tgan. U o‘z sayohatini 1992 yil, 1 iyunda Parijdan boshlab, 77 kunu 14 soatda, 17 avgust kuni yana Parijga kirib kelgan. Telning bir kunlik yo‘l bosish me’yori 277 km ni tashkil qilgan.

***

Belgiyalik Sigfrid Verxayak, Lyuk Bele hamda daniyalik Martin Arseballar o‘zlarining tog‘ velosipedlarida Xitoydagi balandligi 7008 m bo‘lgan Muztog‘ qorli cho‘qqisiga ko‘tarilishgan (2000 yil, 11 avgust). Ular bu ishni 10-12 kg lik velosipedlarida 14 kunda bajarishgan.

***

Avstraliyalik Xanspetert Bek o‘zining bir g‘ildirakli velosipedida Port Xedlenddan Melburngacha (Avstraliya) bo‘lgan 6237 km lik masofani 51 kun, 23 soat, 25 minutda bosib o‘tgan (1985 yil, 30 iyundan 20 avgustgacha)

***

Avtoriksha – juda yengil, eshiksiz, soatiga o‘rtacha 50km/s tezlikka ega bo‘lgan, asosan Hindistonda taksi o‘rnida foydalaniladigan transport vositasi. Ingliz Ken Tvayford va Jerald Smyuinglar avtorikshada Haydaroboddan (Hindiston) Lankastershirgacha (Buyuk Britaniya) bo‘lgan 19165 km lik masofani 1999 yil 17 dekabrdan 2000yil 23 iyungacha bosib o‘tishgan. Ular o‘z sayohatlari davomida Hindiston, Pokiston, Eron, Turkiya, Gretsiya, Italiya, Frantsiya hududlarini ishg‘ol qilganlar.

***

AQShlik Kurt Osborn Gollivuddan (Kaliforniya, AQSh) Orlandogacha (Florida, AQSh) bo‘lgan 4569 km lik masofani “VMX” velosipedining orqa g‘ildiragida bosib o‘tdi. Velosiped maxsus jihozlangan bo‘lib, yumshoq o‘rindiq va tepki qulay tarzda o‘rnatilgan, oldi g‘ildirak olib tashlangan edi. O‘rtacha 16 km/s tezlikdagi sayohat 13 apreldan 25 iyungacha davom etdi (1999).

***

Avstraliyalik Geri Parsons 19030 km lik masofani 274 kunu 8 minutda yugurib bosib o‘tdi. 1999 yil 8 noyabrda u o‘zining Avstraliya bo‘ylab sayohatni (14399,3 km) 197 kun, 23 soat, 49 minutda yakunladi. Keyin u Tasmaniyani aylanib chiqdi. Geri o‘zining supermarafonida bir qancha masofaviy rekordlarni ham o‘rnatdi:
10000 km (135 kun, 9 soat, 50 minut).
15000 km (205 kun, 23 soat, 7 minut).
16093 km (221 kun, 1 soat, 7 minut).

***

Sloveniyalik tog‘-chang‘i ustasi Davo Karnikar chang‘ida Everest cho‘qqisidan belgilangan lagergacha 5 soatda tushdi (2000 yil, 7 oktyabr). U 8848 m dan 5350 m gacha chang‘isini yechmadi. Davoning tog‘ni o‘rganib, ehtiyot choralarini ko‘rishiga bir oyga yaqin vaqt ketdi.