«Sarhisob-2016» tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

%image_alt%

O‘zbekiston musulmonlari idorasida ommaviy axborot vositalari orqali diniy-ma’rifiy mavzularni yoritishda faollik ko‘rsatgan bir guruh ijodkorlar taqdirlandi.

«Sarhisob» tanlovi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti, Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.

Bu yilgi «Sarhisob» tanloviga 1100 dan ortiq ijodiy ishlar taqdim etilgan.

Tadbirda televideniye, radio, matbuot va Internet yo‘nalishlarida eng yaxshi deb topilgan ijodiy ishlarning mualliflari hamda sohada alohida namuna ko‘rsatgan targ‘ibotchilar maxsus diplom va tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari bilan mukofotlandilar.

Quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tanlov g‘oliblari taqdirlandi:

Yilning eng faol targ‘ibotchisi nominatsiyasida 1-o‘rin Toshkent shahar Novza jome’ masjidi imom xatibi Jaloliddin Hamroqulovga;

Internet yo‘nalishida 1-o‘rin Toshkent shahridagi Shayx Zayniddin jome’ masjidi imom xatibi, www.muxlis.uz sayti muharriri Odilxon Ismoilovga;

Matbuot yo‘nalishida 1-o‘rin Toshkent Islom universiteti prorektori Ibrohim Usonovga;

Radio yo‘nalishida 1-o‘rin “Movarounnahr” nashriyoti muharriri Ilhom Ma’rupovga;

Televideniye yo‘nalishida 1-o‘rin Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti raisi, Qoraqalpog‘iston qozisi Shamsiddin Bauddinovga nasib etdi.

«Tinchlik va osoyishtalikni qadrlash mavzusidagi eng yaxshi ijodiy ish» yo‘nalishida alohida bosh mukofot “O‘zbekiston” telekanali “Hidoyat” sari tahririyatiga topshirildi.

%image_alt%

%image_alt%

%image_alt%

%image_alt%

%image_alt%

%image_alt%

%image_alt%