Nabi Jaloliddin. Bayroq (hikoya)

Bola uyning ostonasiga so‘mkasini tashlab, poyabzaliii yechayotganida hovli tomondan dadasining ovozi eshitildi:— Botir bolam, senmisan?Dadasining kayfiyati yaxshi shekilli, chunki yaxshi bo‘lsa, uni hozirgiday «Botir bolam» yoxud «Botir bola», deya chaqirish odati bor edi.— Menman, dada, — deb qo‘ydi u ovozi davomi…

Uchqun Nazarov. Insho (hikoya)

Sakkizinchi sinf o‘quvchisi Xurshid shaxmat qutisini qo‘ymaydi, qo‘ltiqlab yuradi. Faqat shaxmat o‘ynaydigan bolalar bilan o‘rtoq tutinadi. O‘qituvchilar ichidan geografiya muallimi Daler akani alohida hurmatlaydi. Daler aka o‘z fanini qiziqarli olib boradi. Biron mamlakat haqida dars o‘tsa, albatta, o‘sha mamlakatga xos davomi…

Said Ahmad. Sarob (hikoya)

«Ota qarg‘ishi misoli o‘q — u oxiratda emas, shu dunyoning o‘zida nishonga tegadi». (Buxorolik 100 yil yashagan temirchi Usto Amin boboning o‘gitlaridan) Bugun lagerimizga yangi mahbuslarni olib kelishdi. Ko‘rinishidan ularni yangi deb bo‘lmasdi. Egnilaridagi kiyimlariga, slka va tizzalaridagi raqamlarga qaraganda, davomi…

Amriddin Berdimurodov. Toptalgan meros (1990)

Har bir xalqning tarixi uning o‘tmishi haqidagi muqaddas xotiradir. Shu boisdan madaniyatning yuksak pog‘onasiga ko‘tarilgan xalqlar o‘z tarixiga, yodgorliklar va qo‘lyozmalariga mehr-muhabbat bilan qaraydilar, avaylab asraydilar, doimo sinchiklab o‘rganadilar. Negakim, ularning qadr-qimmatini har bir narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Arxeolog sifatida, davomi…

Tohir Qahhor. Insonni ma’rifat tarbiyalaydi (1989)

Keyingi yillarda moddiy va ma’naviy hayotdagi yangilanishda, demokratiya va oshkoralik borasida dadil qadamlar qo‘yilmoqda. Bu hol partiya qarorlarida, davlat arboblarining fan va madaniyat namoyandalari bilan muloqotlarida, xususan, o‘tmishda ro‘y bergan salbiy hodisalarni bartaraf etish uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlarda, tarixga, dinga, milliy davomi…