Shavkat Galiyev (1928-2011)

Shavkat Galiyev (haqiqiy ismi Shaukat Galiyevich Idiyatullin, Shәүkәt Gali ulы Һidiyatullin, Şəwkət Ğali uğlı Hidiətullin; 20 noyabr 1928, Tatariston — 7 may 2011, Qozon) — mashhur tatar yozuvchisi, shoir. Tatariston bolalar adabiyotining yetuk vakillaridan biri.

BAQIROQ

Yig‘layotgan kim o‘zi?
Kim o‘zi u baqiroq?
Og‘zi buncha ochiq-a,
Bitay dedi-ku quloq.
Ehtimol u ayiqdir,
Dodlar topa olmay bol?
Balki it qopgan uni,
Ari chaqqan ehtimol?
Yo‘q, yo‘q, u ayiq emas,
Tishlamagan uni it.
Sochini oldiryapti
Bor-yo‘g‘i bizning Rashid.

YO‘LChIROQ

Yo‘lchiroqqa o‘xshar pomidor:
U nim yashil tusga kirgan payt,
TO‘XTAMASDAN O‘TIB KETAMAN.
(To‘xtamoqdan ne naf, o‘zing ayt?)
Yo‘lchiroqqa o‘xshar pomidor:
Unga tez-tez nazar tashlayman.
Sariq rangga kirishi bilan
Pishishini KUTA BOShLAYMAN.
Yo‘lchiroqqa o‘xshar pomidor:
Poliz sari yo‘lni solaman.
Qizarganin ko‘rgan zahoti
YuRMAY, TAQQA TO‘XTAB QOLAMAN!

Rus tilidan Abdurahmon Akbar tarjimasi