Najotiy Zakariyo (1928-1988)

Najotiy Zakariyo (Necati Zekeriya) 1928 yili Makedoniyaning Skope shahrida tug‘ilgan. Yugoslaviya pedagogika universitetini bitirgan. Yovan Zmay mukofotoi laureati.

“Bizning ko‘cha bolalari” (1968), “Go‘zal nedir, xunuk nedir” (1970), “O‘rxon” (1973) nomli kitoblari chop etilgan.

ShOIR

Yolg‘izlik o‘ldirmoq istadi shoirni
shoir yolg‘izlikka yashashni o‘rgatdi

tuzumlar o‘ldirmoq istadi shoirni
shoir tuzumlarga yashashni o‘rgatdi

do‘stlari o‘ldirmoq istadi shoirni
shoir do‘stlariga yashashni o‘rgatdi

dushmanlar o‘ldirmoq istadi shoirni
shoir dushmanlarga yashashni o‘rgatdi

shoirni hech narsa o‘ldira olmadi
uni o‘ldirajak faqat o‘z she’rlari.

Turkchadan Tohir Qahhor tarjimasi