Avniy Enggulli (1947)

Avniy Enggulli (Avni Engüllü) 1947 yili Makedoniyaning Skope shahrida tug‘ilgan. “Ilk” (1972), “Mete” (1983), “To‘rt fasl” (1984), “Insonmisan, jinmisan” (1985) kitoblari chop etilgan.

DUOLAR YaRATAMAN

topinoqlar
masjidlardan
axtaraman o‘zimni
axtaraman o‘girmasdan
ulardan hech ko‘ksimni

ko‘zlarimni ko‘kka qarataman
seni eslarkan har on
duolar yarataman


ZILZILADAN QOLGAN IZLAR

ular tog‘larday
kimsasiz
yolg‘iz

axtararlar
onasini
otasini

akasini singlisini
yo‘qotgan ular

o‘lgan o‘ldi
sog‘ qolganda
ochiq qoldi
yaralar

YuKSALMOQ

yuksalmoq insonga inson deb qarash
insoniylik esa butun yuksalish
boshqani ezmasdan turib yuksalmoq
barcha yuksalishdan ustun yuksalish

Turkchadan Tohir Qahhor tarjimasi