Marleni Mehia Jaramillo (1975)

Marleni Mehia Jaramillo (Marleny Mejía Jaramillo) 1975 yili Kolumbiyaning Medellin shahrida tug‘ilgan. Kolumbiya milliy universitetining tarix fakultetini tamomlagan. Medellin xalqaro she’riyat festivalining faollaridan biri.

***

Yog‘duning nazari
Qatliomni boshlab yuborar.
Mavritanlar payg‘ambari aytganiday
Soat to‘xtab qolar
Sudralib-sudralib yurasiz siz ham.
Oktyabrning mayin shamoli
Afyunini chiqadi sochib
Orzularingiz o‘lkasiga

Qurbaqalar
Ichar qoningiz.
Bo‘yi yetib ulg‘ayganlari
Tug‘ib tashlar yangi jonlarni

Qonunlarning siri ochilar.

Quyosh yaralagan bulutlar
Kapalakqurt kuzning ul jonsiz
Barglarini yeb bitirgan joy –
Janubgacha quyar yomg‘irqon

Ispan tilidan A’zam Obid tarjimasi