Djon Ekvere (Nigeriya)

Djon Ekvere Kalabar shahrida (Nigeriya) tug‘ilgan. Ingliz tilida ijod qiladi.

JAVOB

Ko‘ngilchan otalarimizdan meros —
Hammasini oyoq-osti qilgan oq bosqinchilar —
Qochdilar solib uvvos.
Endi xayriyachi missionerlar
Sho‘rlik xalqimizni chuv tushirolmas;
Endi kelgindi kalxatlar
Jo‘jalarimizni yulib ololmas —
Endi
O‘zimizni o‘zimiz yeb qo‘ymasak, bas!

Karim Bahriyev tarjimasi