Chorsham’. To‘qson ikki bovli o‘zbek urug‘lari

Adabiyotlarda keltirilishicha, o‘zbek millatini tashkil etuvchi har xil etnik guruhlarni 3 ta katta qismga bo‘lib ko‘rsatish mumkin:

1 — turk o‘zbeklar;
2 — qipchoq o‘zbeklar;
3 — o‘g‘iz o‘zbeklar.

(X. Doniyorov, “O‘zbek xalqining shajara va shevalari”, Toshkent, “Fan” nashriyoti, 1968 y., 96-bet)

Turk o‘zbeklar hozirgi O‘zbekiston hududida eng qadimgi davrlardan beri yashab kelgan va o‘zlarini XVI asrga qadar turkiylar deb atagan o‘zbeklardir. Ular asosan qarluq, chigil, tuqsi, yag‘mo, yabg‘u, yoboqu, tangut, arg‘u kabi urug‘ va qabilalarning birlashuvi natijasida tashkil topganlar. Ular tilimizning qarluq-chigil lahjasida so‘zlashganlar.

Qipchoq o‘zbeklarning hozirgi O‘zbekiston yerlariga kela boshlashlari ham juda qadim zamonlardan boshlangan bo‘lib, XVI asrda ular turk o‘zbeklarga katta tarkib bo‘lib qo‘shilganlar. Tilimizning qipchoq o‘zbeklari ming, yuz, qirq, qipchoq, nayman, qongli, qiyot, qo‘ng‘irot, mang‘it, uyshin, kenegas, jaloyir, misit, do‘rmon, qutchi, burqut, bahrin kabi urug‘ va qabilalar orasida tashkil topgan.

O‘g‘iz o‘zbeklar esa ko‘proq o‘zbek urug‘larining turkmanlar va ozarbayjonlar bilan aralashuvi natijasida paydo bo‘lgan. Tilimizning o‘g‘iz lahjasi ularga xosdir.

Yuqorida sanab o‘tilgan misollarga qo‘shimcha tarzda shuni aytish kerakki, shu kunga qadar xalq og‘zidan yozib olingan urug‘ va qabilalar, ularning har xil katta-kichik bo‘laklarga bo‘lishinidan hosil bo‘lgan nomlar 300 dan oshib ketadi. Agar bo‘linishlar aniqlansa, ularning hozirgi holatini ifodalovchi jadvalni, kelib chiqishi va taraqqiyoti, o‘zaro munosabati va qo‘shilishini ifodalovchi diagramma jadvalni tuzib chiqish mumkin bo‘lar edi. Lekin ular hozirga qadar deyarli o‘rganilmagan. Olimlar, mutaxassislar oldida qanchalik mas’uliyatli vazifalar turgani o‘z-o‘zidan ma’lum.

Asli urug‘ paydo bo‘lish shartini V.Bartold o‘rxun yozuvlari va musulmon manbalariga ko‘ra quyidagicha ifodalaydi: mustaqil urug‘ bo‘lish uchun erkaklar soni eng kamida 700 kishidan iborat bo‘lmog‘i kerak. (T.Sultonov, “Kochevne plemena priaralya v XV- XVII vv”, Izd. “Nauka”, Moskva, 1982 g. str.22). Shu asosda tarixiy manbalarga nazar tashlasak, o‘zbek urug‘lari haqidagi fikrimiz birmuncha oydinlashadi. M. Qoshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” asarida yozadi: “Turklar aslida 20 qabiladir. Har bir qabilaning sanoqsiz allaqancha urug‘lari bor”. (M. Qoshg‘ariy, “Devonu lug‘otit turk”, 1-tom, Toshkent, O‘zFA nashriyoti, 1960 y., 64-bet). Shunga o‘xshash fikrlar “Jome’-at tavorix”, “Ravzat-us safo”, “Zafarnoma”, “Boburnoma”, “Shajarai turk”, “Shajarai tarokima”, “Tarixi Abulxayrxon”, “Shayboniynoma”, “Abdullanoma”, “Tarixi salotini mang‘itiya” kabi asarlarda yanada chuqurroq, dalillar asosida o‘z aksini topgan. Albatta, ularning har biri haqida batafsil fikr yuritish imkoniga ega emasmiz. Ammo mavzuimizga doir ma’lumotlarga nazar soladigan bo‘lsak, o‘zbek urug‘lari ularda turlicha ko‘rsatilgan. Masalan, Mahmud Qoshg‘ariyda 22 ta, Muhammad Solih “Shayboniynoma”sida 19 ta, Rashididdinning “Jome’ at-tavorixi”da (XIV asr) 60 dan ortiq. XIX asrdagi tadqiqotlarda ham bu sonlar turlicha:

A. Vamberida 32 ta, N. Xanikovda 97 ta, D.Logofetda 102 ta. Shu mavzuni o‘rgangan V.Bartold, V. Radlov, N. Aristov, K.Najimov, B. Ahmedov, K. Shoniyozov, G‘ozi Olim va boshqalarda ham turli raqamlarni uchratamiz. Tabiiy, ularning qaysi biri to‘g‘ri degan savol tug‘iladi.

Javobni esa o‘zbek og‘zaki ijodi va yozma manbalaridan topish mumkin. Xalq og‘zaki ijodining ayrim namunalarida 92 bovli (bog‘li) o‘zbek urug‘i haqida rivoyatlar saqlangan. Tarixda esa Abdullaxonning XVI asrda Hind podshosi Akbarshoh bilan yozishmalarida 92 o‘zbek urug‘i tilga olinib o‘tiladi. (I. Nizomiddinov. “XVI — XVII asrlarda O‘rta Osiyo-Hindiston munosabatlari”, Toshkent, “Fan”, 1966 y., 76-bet). V. Bartold bir qiziq hodisani bayon etadi: 1756 yil birinchi mang‘it xoni Muhammad Rahimxonning Buxoro taxtiga chiqishi marosimida 32 o‘zbek urug‘i tilga olinadi. Oradan sal vaqt o‘tib, ya’ni 1781 yil esa Buxoro xoni rus agenti Bekchuringa 92 o‘zbek urug‘i haqida so‘zlaydi. Boshqa manbalarda ham XVI asrdan boshlab o‘zbek urug‘lari sonini 92 ta deyish va ro‘yxatlar keltirish ko‘p uchraydi. Bu holni quyida e’lon qilinayotgan jadvalda ham ko‘rish mumkin. Har bir qo‘lyozmadagi ro‘yxatda urug‘lar asl nusxada turlicha tartibda berilgan. Biz jurnalxonlar qiyoslab ko‘rishlari uchun ma’qul kelar degan niyatda alfavit bo‘yicha joylashtirib chiqdik.

“Majmu’-at tavorix” (XVI asr) “Nasabnoma” (XVI-XVII asr) “Tuhfat-at tavorixi xoniy” (XIX asr) Sharqshunoslik institutidagi 4330 raqamli qo‘lyozma «Qitmir» kitobi (G‘allaorol nusxasi, XIX asr) A.Xoroshxin ro‘yxati
1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24

25

26

27

28

29

30

31

32

33

34

35

36

37

38

39

40

41

42

43

44

45

46

47

48

49

50

51

52

53

54

55

56

57

58

59

60

61

62

63

64

65

66

67

68

69

70

71

72

73

74

75

76

77

78

79

80

81

82

83

84

85

86

87

88

89

90

91

92

avg‘on

alchin

arab

arlat

atmar

arg‘un

baday

bayavut

batash

burat

burlan

burqut

derjat

do‘rmon

yobu

jalaut

jaljut

jaloyir

jaxd kes

jiyit

juburgan

juyut

junolaki

jurat

ilaji

yo‘rg‘a

keit

kerait

kerdari

kilekes

kileji

kimat

kiray

mamasit

mangut

merkit

ming

nayman

nujun

ongut

ramadon

saroy

saxtion

suran

tabin

tame

tangut

targ‘il

tatar

tilov

toin

tubali

turk

turkman

turmaut

turg‘at

ubrat

uyshun

uyg‘ur

faxir

xafiz

xitoy

chaqmoq

chimboy

shimirjiq

shirin

jujaat

yuz

o‘g‘lon

o‘yshaut

o‘yraji

o‘ryuz

o‘tarchi

o‘g‘lon

qabashe

qavchin

qalmoq

qangli

qari

qaxat

qibchoq

qiyot

qirliq

qirq

qirg‘iz

qirg‘in,

qishliq

qujaliq

quji

qulaji

quralash

qo‘ng‘irot

aday

arlot

arg‘in

ag‘ir (og‘iran)

barin

barlos

batash

boyovut

buzan

buzaq

burloq

burqut

busloq

bo‘zay

bo‘jaji

buyrak

gulegen

gulun

do‘rmon

yobu (yoqabu)

jaloyir

jilkash

jit

juyrat

juyut

jo‘rga

kenegas

kerayit

kilechi

kirderi

kudey

ko‘rlavut

major

mang‘it

merkat

mechet

ming

mumun

mo‘ytan

mo‘g‘ul

nayman

nukus

olchin

oymavut

oyrat

ramadon

saljovut

saroy

sulduz

tatar

tilov

tobin

tomo

tumay

turgavut

turkman

to‘qsaba

uyruji

uysun

ulaji

ungajit

ungtut

upalachi

chemarchin

chichoq

churchut

cho‘ran

shirin

yuz

yug‘ur

o‘zje buluji

o‘ng‘

o‘tarchi

o‘g‘lon

qalmoq

qang‘it

qang‘li

qarlop

qatay (xitoy)

qatag‘on

qachat

qiyot

qipchoq

qirq

qirg‘iz

qishliq

qovchin

qorluq

quralash

qo‘jaliq

qo‘ysun

qo‘ng‘irot

azoq

ayurji

alchin

arab

arlay

arnamar

argin

babu

bayot

bajakar

banash

bag‘lan

bahrin

buday

buyuruk

buyut

bulatxob

burle

burlat

burkut

do‘rmon

jaljaut

jaloyir

jiyit

jiljut

jinboy

jubalaji

juburg‘an

juyrasut

ilaji

keradi

kerait

kiyot

kileji

kineges

kiray

kurlaut

majar

mang‘it

masit

merkif

ming

mitan

nayman

ongajit

ongut

ramadon

sanvadan

saroy

saqtian

sirmirchiq

sulduz

suran

tabin

tame

tangut

targ‘il

tatar

tilav

tubay

turkman

turg‘an

uyshun

ur-avar

uyg‘ur

xafiz

xitoy

chaqmoq

chilkes

shirin

yuz

o‘glen

o‘ymaut

o‘yrasut

o‘ng

o‘g‘lon

qalmoq

qangli

qaraqalfat

qari

qatag‘on

qahat

qibchoq

qiyot

qirq

qirg‘iz

qirqin

qishliq

qujaliq

quychi

quralas

qo‘ngurot

arlat

arg‘un

ag‘ar

baday

barlos

bag‘an

bahrin

bostan

bayozug

buyrak

buytay

burkut

buse

dujar

do‘rmon

yobu

yojqar

jaloyir

jiiit

juljut

juyut

julaji

jurat

kenegas

kerait

kyyot

kileji

kiray

kuji

kur

kurlaut

mang‘it

masit

maxdi

merkit

ming

mitan

nayman

niko‘z

oyrat

olchin

ong‘ut

po‘lotchi

ramadon

saroy

saxtian

simirchiq

sulduz

tabin

tam

tame

tang‘ut

targ‘il

tatar

tuvadaq

turkman

tushlub

uymaut

uyshun

uyg‘ur

xafiz

xitoy

chaqmoq

chilkas

chinboy

shirin

shuburg‘an

shuran

yuz

o‘glon

o‘z

o‘ng

o‘ngajit

o‘rmoq

o‘tarji

o‘g‘lon

qalivay

qalmoq

qang‘li

qara

qari

qarluq

qatag‘on

qahat

qibchoq

qiyot

qirliq

qirq

qirg‘iz

qishliq

qo‘ng‘irot

g‘arib

arlat

baday

barlos

biyicha

buyrak

burgun

burqit

bo‘yixauz

do‘rmon

etti bosh

jalayir

jaloyir

jomi

junochi

iloch

katash (kabash)

kegiz (chiz)

keleygi(qilaygi)

kenegaz

kermin

kixrut

kirgiy (qirg‘iy)

kirdor

koli (holi)

kubir

mang‘it

mashoris

ming

minit (mihit)

mitan

nayman

olchin

pachkurt(beshkurt)

rindon

samarchiq

sandir

saroy

suvrin

suktiyan

suldir (suldiz)

tangit (gangit)

tatar

tektuy

topman

tuppallas

turkman

turloq

tuchat

uvgan

uvuzi

uyrak

uyruvchi

uyshun

uyg‘ur

uklan (o‘qpan)

urub

farhod

xabrin

xitoy

chalchut

chibit

chilki

chig‘atoy

choliq

chubirgon

(cho‘birg‘on)

chublach

chuyut

shirin

yuz

yabu

yalansoz

(yalangoz)

o‘n

o‘ng jayt

o‘ray

o‘roqli

o‘rsun (urgun)

o‘g‘lon

qalmoq

qangli

qaray (keray)

qarapchi

qatag‘on

qiyot

qipchoq

qirq

qirg‘iz

qirqin

qozoq

kuvdoq

qutlin

qo‘ng‘irot

qo‘shchi

abdal

abu

akansoldi

(arqonsoldi)

amon

arduri (harduri)

arzuq

arlot

asaka

ballos

batash

bahrin

burqut

bovdaloq

buyot

bo‘ri (buri)

durman

jalayir

(tushib qolgan)

jarjut

jag‘atay

jiyot

jovsar

juyrat

juyachi

ilachi

itchi (etchi)

kenegas

kibot

kiyikchi

kilovchi

kugurli

laqay

mang‘it

ming

misit

mo‘yton

nayman

nitagai (netag‘ay)

no‘g‘ay

ovchi

olchin

org‘in

po‘lotchi

ramadon

savdon

sayod

saydli

saroy

tatar

tejanli

tilov

tobin

toma

tuyokdi

turbut

turgan

turdos

turk

turkman

turlos

uyrot

uyshun

utegen (o‘tagan)

ug‘lon (o‘qlon)

xit

chaqmoq

yuz

yaman

o‘ng

o‘tarchi

o‘tkan

o‘tkut

qavchun

qalmoq

qang‘li

qarluq

qatag‘on

qahat

qiyot

qizili

qipchoq

qirayit

qirq

qirqin

qirg‘iz

qishliq

qozoq

qoraqalpoq

qoraxon

qo‘ng‘irot

g‘arab (arab)

haybat

JADVALGA QISQAChA IZOH:

1. “Majmu’-at tavorix” asari XVI asrda Farg‘ona vodiysida Mulla Sayfiddin Axsikentiy va uning o‘g‘li Nur (yoki Navro‘z) tomonidan bitilgan. Unda XIV asr oxiri va XVI asr boshidagi voqealar Koson shayxlari hayoti orqali ko‘rsatiladi. “Tavorixi Mog‘oliya” va “Tavorixi zubdat al-Bashar” qo‘lyozmalariga asoslanib mualliflar turkiy qabilalarning kelib chiqishi tarixi va 92 o‘zbek urug‘i haqida ma’lumot beradilar. Asarning Moskva, Sankt-Peterburg, Bishkek va boshqa joylarda saqlanayotgan 6 ta nusxasi ma’lum. Bizdagi ro‘yxat bir muncha mukammal sanalgan Moskva nusxasidan (T. Sultonov asaridan) olindi.

2. “Nasabnoma” (shajara”) 92 o‘zbek urug‘ining ro‘yxati berilgan qo‘lyozmalar sarasiga kiradi. Uning Jomboy, Urgut, Bulung‘ur, Karkez (G‘allaorol), Boyovut kabi ko‘plab nusxalari mavjud. Ularda ayrim tafovutlar bo‘lishiga qaramay ushbu mavzuga oid qimmatli manbalar sanaladi. Biz tanlagan nusxa eng qadimgilardan biridir.

3. “Tuhfat-at tavorixi xoniy” asari qo‘qonlik Avaz Muhammad degan savdogar kishi tomonidan bitilgan. Unda Qo‘qon xonligining XVI asrdan XIX asrgacha bo‘lgan tarixi, turk-mo‘g‘ul elatlari, savdo-sotiq, bozor munosabatiga oid qiziqarli ma’lumotlar qatori 92 o‘zbek urug‘i ro‘yxati keltirilgan (T. Sultonov asarida).

4. Sharqshunoslik institutida 4330-raqam ostida saqlanayotgan qo‘lyozma XIX asrning ikkinchi yarmiga taalluqli. Noma’lum muallif tomonidan bitilgan bu ro‘yxat “Salnomai Xoja al Hakim Termiziy” asariga qayd sifatida kiritilgan.

5. “Qitmir” (ayrim adabiyotlarda “Kitmir”) kitobidagi bu ro‘yxat 1963 yil G‘allaorolda topilgan bo‘lib, u “To‘qson ikki bov o‘zbek urug‘ining bayoni” sarlavhasi ostida berilgan. (Ushbu ro‘yxat X. Doniyorov tomonidan 1968 yil “Guliston” jurnalining 11-sonida e’lon qilingan).

6. A.P.Xoroshxin o‘zbek xalqining urug‘ va qabilalari 92 ga bo‘linishi, shunday bo‘linish haqida manbalar borligi to‘g‘risida rus olimlari ichida birinchilardan bo‘lib aniq ma’lumot bergan kishidir. Uning xalq og‘zidan yozib olgan (T. Sultonov kitobida keltirilgan) va “Qitmir” kitobi bo‘yicha tuzgan ro‘yxatlari bor. Bizdagi ro‘yxat X. Doniyorov kitobida berilgan nusxadan olindi.

Mana azizlar, qisqacha bo‘lsa-da, urug‘larimiz haqida ma’lumot berishga urindik. Axir butun bir millat o‘z-o‘zidan emas, balki buloqlar oqib, qo‘shilishidan xayqirib oquvchi daryo paydo bo‘lganidek naslimiz, qonimiz qaylardan yo‘lga chiqqanini bildiradigan urug‘lar bilan o‘z ustunlariga egadir. Eli, urug‘ini bilgan qalb esa millat haqida tasavvuri yanada teran, mukammal bo‘lg‘usi!

“Yoshlik” jurnali, 1997 yil, 1-son