Diniy-ma’rifiy mavzudagi maqolalarning “Sarhisob” tanloviga marhamat!

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti bilan hamkorlikda mustaqillik yillari O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ‘ib etish, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, dinlararo bag‘rikenglik va hamkorlik g‘oyalarini ommalashtirish, xalqimiz, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni yot g‘oyalardan himoya qilishda faollik ko‘rsatgan ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va munosib rag‘batlantirish maqsadida «Sarhisob» tanlovini o‘tkazadi.

Tanlovga 2015 yilning 1 yanvaridan 2015 yilning 23 noyabrigacha gazeta va jurnallarda bosilgan, radio orqali efirga uzatilgan, televideniyeda ko‘rsatilgan va Internet tarmog‘ida e’lon qilingan materiallar 2015 yilning 27 noyabriga qadar qabul qilinadi.

Tanlovda g‘olib deb topilganlar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

Bosh mukofot. Tinchlik va osoyishtalikni qadrlash mavzusidagi eng yaxshi ijodiy ish. G‘olib maxsus diplom va tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Asosiy mukofotlar:

Eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (televideniye – 1 -, 2-, 3- o‘rinlar);

Eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (radio – 1-, 2-, 3- o‘rinlar);

Eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (davriy matbuot – 1-, 2-, 3- o‘rinlar);

Eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (Internet – 1-, 2-, 3- o‘rinlar);

Tele- va radiodasturlarda ishtirok etgan «Eng faol targ‘ibotchi»(1-, 2-, 3- o‘rinlar);

G‘oliblarga asosiy mukofotlarga qo‘shimcha tarzda tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari ham topshiriladi.

Tanlovga tele-, radio-, bosma materiallar hamda Internetda e’lon qilingan ishlar taqdim etiladi (3 tadan kam bo‘lmasligi kerak).

Televideniye bo‘yicha videomateriallar, axborot tashuvchi vositaning qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’i nazar, 5 minutdan 30 minutgacha bo‘lishi kerak.

Radioeshittirishlar (audiokasseta yoki sistemali disk) 5 minutdan 30 minutgacha bo‘lishi kerak.

Matbuot va Internet materiallari davriy nashrning asl nusxasi yoki ko‘chirma nusxasida taqdim etilishi lozim.

Tanlovga yuborilgan materiallarga quyidagilar ilova qilinadi:

– muallifning ismi-sharifi,  o‘z sohasida olib borayotgan faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot;

– muallifning turar joyi, uy va ish telefonlari;

– pasport nusxasi. Tanlovda ishtirok etuvchilarning materiallari O‘zbekiston musulmonlari idorasining Matbuot xizmatiga topshiriladi (Manzil: 100002, Toshkent sh., Qorasaroy ko‘chasi 47-uy.

Tel: (+99871) 240-39-33, (+99871) 150-64-33.

Tanlovda ishtirok etuvchilarning sohasi chegaralanmaydi. Tanlov g‘oliblarini mukofotlash marosimi 2015 yil dekabr oyining 2-o‘n kunligida o‘tkaziladi.