Bir ko‘za suv

Cho‘lda faqir bir sahroyi xotini bilan birga yashar ekan. Bir kuni kechasi xotini:— Barcha kambag‘allik va jafoni biz cheknpmiz, boshqalar umrini rohatda o‘tkazmoqda. Faqat biz faqirmiz.— Nonimiz yo‘q, boshqa ozuqalarimiz ham kam. Ko‘zamiz yo‘q, suvimiz esa ko‘z yosh. Kunduzi kiyimimiz davomi…

To‘tiqushning hiylasi

Bir savdogar uyida ovozi yoqimli, gapiradigan, quvnoq to‘giqushni parvarish qilar va u bilan ko‘nglini yozardi.Bir kuni tijorat uchun Hindistonga yo‘l tadorigini ko‘ribdi. Uydagilarning har biridan alohida alohida: “Aytinglar Hindistondan sizga nimalar olib kelayin? Nima xohlaysiz?” deb so‘rabdi. Har kim o‘z  davomi…

Nafs yirtqich arslon kabidir

Kimsasiz o‘rmonda haybatli bir arslon yashar edi. O‘rmondagi barcha hayvonlar undan bezor bo‘libdi. Bunday hayot kechirishdan qutulish uchun chora izlashibdi. O‘ylab o‘ylab, arslonga elchi jo‘natishibdi. Elchi:— Ey o‘rmonlar qiroli arslon… Har kun oramizdan birimizni tutib yemoqtasan. Bunga noroziligimiz yo‘q; shu davomi…

Juho va uning otasi

Mahallada bir odam qazo qilibdi, jasadi tobutga solinib, mozorga olib ketilarkan, tobutning orqasidan bir bola ham yig‘lab, ham baqirib:— Otajonim, sizni qayerga olib ketishyapti? Sizni tuproqqa ko‘mmoqchilar, oh otajonim, bu yer shunday qorong‘u va tor bir joyki, bu yerda na davomi…

Ahmoqning sevgisi

O‘rmonda ayiqni katta bir bo‘g‘ma ilon bo‘g‘ar, belidan o‘rab olib siqardi. Ayiq esa jon holatda baqirardi. Shu payt o‘tib ketayotgan o‘tinchi ayiq holini ko‘rdi va tezlik bilan qilichini chiqarib, ilonni ikkiga bo‘lib tashladi. Shunday qilib, o‘tinchi ayiqni o‘limdan qutqarib qoldi.Ayiq davomi…

Tadbirkor bog‘bon

Bog‘bon bog‘iga uchta o‘g‘ri kirganini ko‘rib qoldi. Bularning biri xalqqa fatvo beradigan faqih (olim), ikkinchisi payg‘ambar avlodidan ekanini aytuvchi bir zot,uchinchisi esa shayxga ko‘p   yillar murid bo‘lgan so‘fi edi. Bog‘bon o‘zicha o‘yladi. Hozir bularni tutib eplab bo‘lmaydi, kuch birlikta. Yaxshisi, davomi…

“Agar…”li uy

Bir odam uy izlayotgandi. Do‘stlaridan biri uni o‘z mahallasidagi vayrona uyga olib bordi. Do‘sti:— Agar bu uyning shifti bo‘lsa, menga qo‘shni bo‘lib yasharding. Agar biror xonasi bo‘lsa, bola chaqang bilan osoyishta yasharding,  deya uzoq vaqt “agar” deb suhbatlashdi.— Ha, do‘stlarga davomi…

Darbadar odam va tuyakash

Uysiz, joysiz butunlay darbadar bir odam zindonga tushdi. Puli yo‘q, kimning qo‘lida non ko‘rsa, qo‘lidan tortib olar, qayerda yegulik, ichgulik topilsa, o‘sha yoqqa borardi. Zindondagilar bu odamdan bezor bo‘lib, soqchiga shikoyat qila boshladilar: Tezda salomimizni qoziga yetkaz, bu pastkash odamdan davomi…

Keling, ko‘ring, eshak ketdi…

So‘filardan biri yo‘lning ustidagi xonaqohga mehmon bo‘ldi. Mezbonlar so‘fining eshagini og‘ilga, so‘fini esa bosh chodirga olib kirdilar. Xonaqohda o‘tirgan darveshlar bir burda nonga muhtoj, yo‘qsil kishilar edi. Xonaqohlariga tushgan mehmonning ham qorni och. Nima qilsinlar? Yig‘ilishib bir qarorga keldilar: Mehmonning davomi…

Xoja bilan quli

Bir kishi hammomga borishga ehtiyoj sezdi. Tong payti quliga: “Sungur uyg‘on. hammom togorasini, lungi va sovun ol. Hammomga bormoqchiman”, deb buyurdi.Qul darrov hozirligini ko‘rdi. Birgalikda yo‘lga tushdilar. Shu paytda bomdod namoziga azon chaqirildi. Namozga ixlosi baland bo‘lgan qul xojasiga yolvorgansimon: davomi…