Buyuk shoir va adiblar zamondoshlari xotirasida (1978-1987)

Ayniy zamondoshlari xotirasida: Xotiralar. Maqolalar. She’rlar. (To‘plab, nashrga tayyorlovchi filologiya fanlari nomzodi Majid Hasanov.) T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1978.

Nashriyot atoqli yozuvchilar haqida zamondoshlarining xotiralari turkumida qator kitoblar chiqarishni rejalashtirdi. Shu seriyadagi ushbu birinchi kitob Sadriddin Ayniynnng yuz yillik yubileyiga bag‘ishlanadi. Kitobdan atoqli davlat arboblari, san’atkorlar, olimlar va shoirlarning Sadriddin Ayniy hayoti, ijodiga oid xotiralari, maqolalari, voqeiy hikoya va she’rlari o‘rin olgan.

Oybek zamondoshlari xotirasida. To‘plovchilar: L. Qayumov va R. Ibrohimova. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti,  1979.

Ko‘p qirrali iste’dod sohibi Muso Oybekning o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi beqiyos. Adib va shoir, olim va muallim Oybek haqida, uning mahorati va ijodiy laboratoriyasi haqida ko‘plab asarlar, ilmiy-tanqidiy maqolalar yaratilgan. Mazkur kitob esa ulardai farqli o‘laroq Muso Oybekning shaxsi, uning do‘stlari, go‘zal insoniy munosabatlari inson sifatidagi quvonch va dardlari, amalga oshmay qolgan orzulari haqida hikoya qiladi…

Hamza zamondoshlari xotirasida. To‘plab, nashrga tayyorlovchi M. Aminova. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1979.

Mazkur kitobga dramaturg va jamoat arbobi Hamzaning shaxsi, orzu-umidlari, intilishlari, quvonch va dardlari haqidagi xotiralar, kuzatishlar to‘plandi. Ular kitobxonlarga buyuk jasorat sohibi haqida batafsilroq ma’lumot beradi, degan umiddamiz.

Mirtemir zamondoshlari xotirasida / [To‘plovchilar: N. Karimov va O. Nahanov]. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1982.

Na oltin, na javohir edim,
Armonli bir yosh shoir edim,
deb yozgan edi Mirtemir. Ushbu kitobga ana shu kamyob fidoyi iste’dod sohibi haqida uning do‘stlari, shogirdlari tomonidan yozilgan xotiralar— qalb so‘zlari jamlandi. Ular kamtarin va kamsuqum otaxon shoirimizning shaklu shamoyilini  o‘quvchilar tasavvurida jonlantiradi degan umiddamiz.

Maqsud Shayxzoda zamondoshlari xotirasida / [To‘plovchilar: M. Zokirov va Otayor]. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983.

Ushbu to‘plam o‘zbek va ozarbayjon xalqining ardoqli farzandi, hassos shoiri, olimi va dramaturgi M. Shayxzoda haqida yozilgan dil so‘zlaridan dastalandi. Undagi xotiralarda o‘ziga o‘ta talabchan, o‘zgalarga mehribon, hamkasb do‘stlari, shogirdlari yutug‘idan bir dunyo quvonch tuyuvchi san’atkorning quvopchli va tashvishli onlari, ijodkor qiyofasi gavdalanadi.

Abdulla Qodiriy zamondoshlari xotirasida: [To‘plam] [To‘plab, nashrga tayyorlovchi: H. Qodiriy]. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1986.

O‘zbek romanchiligining asoschisi, atoqli yozuvchi Abdulla Qodiriy ijodi o‘zbek adabiyoti taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Teran fikrli, nihoyatda kamtarin inson — Abdulla Qodiriy haqida uning zamondoshlari to‘lib-toshib gapiradilar. Ushbu to‘plamga Qodiriy haqida zamoidoshlari tomonidan bitilgan xotiralar kiritildi.

Abdulla Qahhor zamondoshlari xotirasida: [To‘plam] / So‘z boshi muallifi O. Yoqubov; To‘plab, nashrga tayyorlovchilar: K. Qahhorova, O. Nahanov. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987.

Xalqimiz va adabiyotimizning faxri, ajoyib san’atkor va ajoyib inson Abdulla Qahhor haqidagi mazkur xotiralar kitobida uning o‘ziga xos betakror ruhiy-ma’naviy olami, odamlar bilan munosabatlari, fe’l-atvori, “atomdan kuchli” bo‘lgan adabiyotning mohiyati xususidagi teran mushohadalari haqida xikoya qilinadi.