Tuluza shahrida Mirzo Ulug‘bek haykali o‘rnatildi

1 mart kuni Frantsiyaning Tuluza shahridagi Fuqarolik milliy aviatsiyasi institutida buyuk alloma va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek haykali ochildi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 31 yilligi doirasida Tuluza botanika bog‘i hududida “O‘zbek bog‘i”ning ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonning Parijdagi elchixonasi xabariga ko‘ra, tadbirda 70 ga yaqin mehmonlar, jumladan, Samarqand viloyati hokimiyati delegatsiyasi, Tuluza shahri meriyasi, frantsuz ilm-fan va madaniyat doiralari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Mirzo Ulug‘bekning dunyo ilm-faniga qo‘shgan ulkan hissasi yana bir karra yodga olindi.

Buyuk allomaning haykali samarqandlik haykaltarosh Umrzoq Sharipov tomonidan yasalgan.

Mavzuga doir materiallar:

Mirzo Ulug‘bek (1394-1449)

Mirzo Ulug‘bek – buyuk olim va davlat arbobi (video)

Mirzo Ulug‘bek yevropaliklarni hayratda qoldirdi