Toshkentda yapon madaniyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

Kecha, 8 avgust kuni Toshkentdagi Ikuo Hirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida “Furoshiki” – an’anaviy yapon ro‘moli ko‘rgazmasi ochildi. Tadbirda qatnashgan Yaponiyaning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Takashi Hatori ko‘p asrlik tarixga ega ushbu libos haqida gapirdi.

Furoshiki to‘rtburchak shaklda to‘qilgan ro‘mol bo‘lib, qadim zamonlardan Kunchiqar o‘lka aholisi turmushida muhim o‘rin tutib kelgan.

Yaponiya elchixonasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Ikuo Hirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyi va O‘zbekiston–Yaponiya markazi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma 20 avgustga qadar davom etadi.

 

Mavzuga doir maqolalar:

Yaponiyaning “SAI” barabanchilar guruhi Toshkentda kontsert namoyish etdi.  01.11.2022

Toshkentda Yaponiya elchixonasi bilan hamkorlikda onlayn seminar va mahorat darsi o‘tkazildi. 04.03.2022

Toshkentda O‘zbekiston–Yaponiya diplomatik munosabatlarining 30 yilligi doirasida ko‘rgazma ochildi. 25.02.2022