Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Balandligi to‘rt metrdan ortiq bo‘lgan haykal O‘zbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Jasvant Annazarov tomonidan yasalgan.
2022 yil 22 dekabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari uchrashuvida Ostonada Navoiy haykalini o‘rnatish bo‘yicha qaror qabul qilingan edi.
Buyuk bobokalonimiz haykali Tokio, Shanxay, Vashington, Moskva, Minsk, Boku, Mozori Sharif, O‘sh, Dushanbe, Seul kabi shaharlarda ham qad rostlagan.