26-27 mart kunlari Toshkent shahrida Afg‘oniston masalasiga bag‘ishlab «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi.
29 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga ko‘ra, Prezident huzuridagi loyihaviy boshqaruv milliy agentligi tomonidan tayyorlangan Soliq tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha kontseptsiya rejasi e’lon qilindi.
1 apreldan boshlab, Uzcard so‘m kartalaridan xalqaro konversion kartalarga pul o‘tkazish va uni naqd qilib olish imkoni paydo bo‘ldi.
29 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev ma’ruza qildi va tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, mamlakatni nafaqat tashqi, balki ichki tahdidlardan himoya qilish haqida gapirdi.
29 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi.
28 mart kuni O‘zbekistonda ilk marta “Hilol-nashr” matbaasi tarafidan chop etilgan Mushafi sharif sotuvga chiqarildi.
29 mart kuni O‘zbekistonda va dunyoning boshqa davlatlarida Telegram messenjeri ma’lum muddat ishlamay qoldi.
30-31 mart kunlari Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari boshqarmasi tashabbusi bilan televideniye, blogerlar, bosma ommaviy axborot vositalari va internet nashrlari xodimlari ishtirokida media-tur tashkil etildi.