Gulnazar Keldi (1945-2020)

Atoqli shoir Gulnazar Keldi 1945 yil 20 sentyabrida  Sug‘d viloyati Ayniy nohiyasining Dardar qishlog‘ida tug‘ilgan. 1966 yilda Tojikiston davlat universitetining tarix-filologiya fakultetini bitirgan. Ilk mehnat faoliyatini «Tojikiston komsomoli»  ro‘znomasida boshlab,  ushbu ro‘znoma muharriri bo‘lib ishlagan. Keyinchalik «Sadoi Sharq», «Payvand» jurnallarida, davomi…

Mo‘min Qanoat (1932-2018)

Atoqli tojik shoiri Mo‘min Qanoat 1932 yil 20 mayda Tog‘li Badaxshon Avtonom Oblastining Qal’aixum tumanidagi Kurgovad qishlog‘ida tug‘ilgan. «Sharora» (1960), «Er yulduzlari» (1963), «Yo‘llar va qanotlar» (1964), «Dnepr mavjlari» (1964), «Nur karvoni» (1970), «Stalingrad ovozi» (1975), «Men va bedor kechalar» davomi…

Farzona (1964)

Tojikiston xalq shoirasi Farzona (Inoyat Hojiyeva) 1964 yilning 3 noyabrida Xo‘jand shahrida tug‘ilgan. «Kulgi avji»(1987), «Chaqmoq hamlasi»(1989), «Yigirma dona atirgul»(1991, rus tilida), «Ishq oyati»(1994), «So‘ngsizlik qadar»(2000), «Shabnam me’roji»(2001), «Funcha siri», «Osmon gulining muhri» kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Abay, A.Axmatova, davomi…

Isfandiyor Nazar (1971)

Isfandiyor Nazar bugungi tojik she’riyatining yorqin vakillaridan biri. U shoir o‘z zamonasining ovozi bo‘lishi kerak deb ijod qiladi. Isfandiyor Nazar 1971 yili Tojikistonning Sug‘d viloyati Ayniy tumanidagi Darg‘i qishlog‘ida tug‘ilgan. 1989 yili o‘rta maktabni yakunlab, Tojikiston Milliy Universitetining sharqshunoslik fakultetida davomi…

Ahmad Donish (1826-1897)

«Ahmad Kalla», «Ahmad maxdum» nomlari bilan zamonasida shuhrat qozongan va ilmiy-adabiy tafakkurning yangilanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan Ahmad Donish XIX asr Buxorosining qomusiy ilm egalaridan edi. U Buxoroda shofirkonlik mudarris oilasida tug‘ildi. Otasi madrasasida o‘qidi. Yoshligida naqqoshlik, rassomlik, xattotlik hunarlarini o‘rgandi. davomi…

Mirzo Tursunzoda (1911-1978)

Mirzo Tursunzoda [1911.19.4 (2.5), Tojikiston, Regar tumani Qoratog‘ qishlog‘i — 1977.27.3, Dushanba] — tojik shoiri va jamoat arbobi. Tojikiston xalq shoiri (1961). Mehnat Qahramoni (1967), Tojikiston Fanlar akademiyasi akademigi (1951). Tojik dramaturgiyasining asoschilaridan biri. Dastlab eski maktabda, keyinroq yangi usuldagi davomi…

Loyiq Sherali (1941-2000)

Loyiq Sherali (1941– 2000) – hozirgi zamon tojik adabiyotining yirik vakillaridan. Panjakent tumanidagi Mozori Sharif qishlog‘ida tug‘ilgan. Dushanbe Davlat Pedagogika institutini tugatgan. “Yo‘lovchi”,  “Qadahso‘z”, “Ko‘ngil koshonasi”, “Ko‘zlar manzili”, “Quyosh yomg‘iri”, “Shohnoma”dan ilhom”, “Toshdagi bitik”, “Men va daryo”, “Sassiz faryod” kabi davomi…