Tohir Yo‘ldoshev. Kampir, chol va boshqalar (hikoya)
Kech tushib, kun bo‘yi atrofida o‘ynay-o‘ynay bir-bir uyquga ketgan nabiralarini uy-uyiga olib kirib ketayotgan kelinlari xayrli tun tilab, eshikni yopganlaridan so‘ng Mirsiddiq chol yana yolg‘iz qoldi. Burchakdagi qutidekkina televizorga tikilgancha xayollari chuvalashdi. Bu televizor nima berardi, nuqul sovchilik tashvishlari, mol-dunyo davomi…

