Vali Xromchoyli (1955)

Vali Xromchoyli (Vəli Xramçaylı) 1955 yil 27 aprelda Sibirda tug‘ilgan. Asli Qazax tumanining Sixli qishlog‘idan. Ozarbayjon Davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan. 1985 yildan “Ozarbayjon tabiati” jurnalida bo‘lim mudiri, mas’ul kotib, direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Hozirgi vaqtda “O‘choq” gazetasining Bosh muharriri. davomi…

Voqif Bayotli O‘dar (1949)

Jabroilzoda Voqif Isib o‘g‘li – Voqif Bayotli O‘dar (Vaqif Bayatlı Odər) 1949 yilda Jabroyil tumanining Buyuk Marjonli qishlog‘ida tug‘ilgan. Ozarbayjon Inshoot muhandislari institutida tahsil olgan. 1980 yilgacha Bokuda o‘z ixtisosi bo‘yicha, ya’ni muhandis bo‘lib ishladi. Keyin matbuot sohasiga ishga o‘tdi. davomi…

Tohir Tolibli (1948)

Tohir Tolibli (Tahir Talıblı) 1948 yil 22 fevralda Armanistondagi Kalinino tumanining Evli qishlog‘ida tug‘ilgan. Shu yerda o‘rta maktabni tugatgach, Ozarbayjon Pedagogika institutida tahsil olgan (1968— 1972). 1972 yilda ona qishlog‘iga qaytib, avval til-adabiyot o‘qituvchisi, so‘ng maktab direktori bo‘lib ishlagan (1972— davomi…

Eldor Boxish (1947-1996)

Eldor Boxish (Eldar Baxış) 1947 yilda Qubadli tumanining Dilali Miskanli qishlog‘ida tug‘ilgan. 1965— 1969 yillarda Ozarbayjon Davlat universitetining tarix fakultetida tahsil olgan. Universitetni tamomlagach, o‘qituvchilik qilgan, armiyada xizmat qilgan, so‘ngra Ozarbayjon teleradio qo‘mitasida muharrir bo‘lib ishlagan. Yoshligidan adabiyotga qiziqqan. Ilk davomi…

Hidoyat O‘rujov (1944)

O‘rujov Hidoyat Xudush o‘g‘li (Hidayət Xuduş oğlu Orucov) 1944 yilda Armanistonda tug‘ilgan. Shoir, dramaturg, publitsist, yirik jamoat arbobi. Ozarbayjon Davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan. Turli adabiy-badiiy tashkilotlarda, davlat idoralarining mas’ul lavozimlarida ishlagan. O‘nga yaqin kitoblari chop etilgan. Hidoyatning dramalari muvaffaqiyat davomi…

Iso Ismoyilzoda (1941-1997)

Shoir, tarjimon, publitsist Iso Ismoyilzoda Mustafo o‘g‘li (İsa Mustafa oğlu İsmayılzadə) 1941 yilda Gruziyaning Qorayazi (hozirgi Qardabani) tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlagach, 1958 yilda Ozarbayjon Davlat universitetining filologiya fakultetiga kirib, uni 1963 yilda tamomlagan. O‘rta maktabda muallim, Davlat Televideniye va davomi…

Muso Yoqub (1937-2021)

Muso Yoqub (Musa Yaqub) 1937 yilning 10 mayida Ismoyilli tumanining Buynuz qishlog‘ida tug‘ilgan. Ko‘kchoy pedogogika bilim yurtini tugatgach, Tirjon qishloq maktabida o‘qituvchi (1957-1958), Buynuz qishloq boshlang‘ich maktabida ilmiy mudir (1958-1967) bo‘lib ishladi. Ozarbayjon Davlat universitetining filologiya fakultetini sirtdan o‘qib tugatgan davomi…

Ali Karim (1931-1969)

Ali Karim (Əli Kərim) 1931 yil 22 martda Ko‘kchoy shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni bitirgach, Ozarboyjon Davlat injasan’at institutining teatrshunoslik fakultetida uch yil tahsil olgan (1949—1951). So‘ngra Moskvadagi M. Gorkiy nomli adabiyot institutiga o‘qishga yuborilgan va uni imtiyozli diplom davomi…

Rasul Rizo (1910-1981)

Ozarboyjon xalq shoiri Rasul Ibrohim o‘g‘li Rizayev (Rəsul Rza) Go‘ychoy tumanida tug‘ilgan. 1927—1937 yillarda Zakavkaze universitetida, Moskva Millatlar institutida o‘qigan. Ozarboyjon Yozuvchilar uyushmasi raisi, Ozarboyjon Kinematografiya qo‘mitasi raisi, Ozarboyjon Entsiklopediyasi Bosh muharriri, Xabar agentligi raisi bo‘lib ishlagan. 1981 yilda Bokuda davomi…

Mammad Oraz (1933-2004)

Mammad Oraz (Məmməd Araz) 1993 yil 14 oktyabrda Shahbuz tumanining Nursu qishlog‘ida tug‘ilgan. Shu yerda o‘rta maktabni bitirgach, Ozarboyjon Pedagogika institutida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 1954 yilda o‘z qishlog‘idagi muallimlikdan boshlagan. So‘ng Bokuga ko‘chib kelib, Ozarboyjon Ministrlar Soveti huzuridagi Bosh davomi…