Fyodor Tyutchev (1803-1873)

XIX asr rus she’riyatining yorqin vakillaridan biri. 1803 yilda tug‘ilgan. Moskva universitetining tilshunoslik bo‘limida tahsil olgan. Uning “Yoz oqshomi”, “Hissiyot”, “Bedorlik”, “Tushlar” lirik asarlari ma’lum. Fyodor Ivanovich Tyutchevning ijodi XIX asr rus she’riyatining yorqin sahifasidir. Tyutchev insonning hissiyotlari, tabiat to‘g‘risida, davomi…

Afanasiy Fet (1820-1892)

Taniqli rus lirik shoiri, tarjimon. Peterburg Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi (1886). Uning ilk she’rlari “Moskvityanin”, “Otechestvennыe zapiski” va “Sovremennik” jurnallarida chop etiladi. Mashhur munaqqid V.Belinskiy “1843 yildagi rus poeziyasi” maqolasida Afanasiy Fet timsolida rus she’riyatiga yangi shoir kirib kelayotganligini e’tirof davomi…

Estash Pryudensio (Benin)

OQIM BO‘YLAB Qachonlardir suzish kerak bo‘lgandir sizga, So* bo‘ylab Ganve*dan Kinto*gacha? Suzmagan bo‘lsangiz, unda tezroq, do‘stlarim, Kalaviga, Kalavi*ga, uzun, tor kayiqlar kutguvchi joyga. Sizni ajablantirar qayiqchining tezkor harakatlari, Yaraqlagan suvning sokin shovullashida — Tangachalarga o‘xshash — oqim bo‘ylab pastga Uning davomi…

Nikiforos Vrettakos (1912-1991)

Taniqli shoir Nikiforos Vrettakos (Νικηφόρος Βρεττάκος) — o‘rtahol dehqon oilasida tug‘ilgan. Mablag‘i bo‘lmagani uchun Afina universitetini tugatolmaydi. Zavodda ishlaydi. Ikkinchi jahon urushi paytida qarshilik harakatining faol ishtirokchisi. Uning bu paytdagi siyosiy qarashlari «Qahramonlik simfoniyasi», «33 kun» nomlangan she’riy to‘plamlarida aks davomi…

Odisseas Elitis (1911-1996)

Nobel mukofoti sohibi Odisseas Elitis (Οδυσσέας Ελύτης) — afsonafiy Krit orolidagi Iraklion shahrida tug‘ilgan. Yunon she’riyatida ilk syurrealizm tarafdori sifatida tilga olinadi. Dastlab frantsuz she’riyatida ta’sirida bo‘lgan shoir ijodi fashistlarning Yunoniston tuprog‘iga bostirib kirishi oqibatida tubdan o‘zgaradi. Uning she’rlarida milliy davomi…

Yannis Ritsos (1909-1990)

Dunyoga mashhur yunon shoiri Yannis Ritsos (Γιάννης Ρίτσος) kasodga uchragan yirik yer egasining oilasida dunyoga kelgan. Ikkinchi jahon urushi paytida yunon qarshilik harakatida ishtirok etgan. Uzoq yillar mobaynida qamoqda o‘tirgan. Yannis Ritsosning 50 she’riy kitobi nashr etilgan. Ulardan eng mashhurlari: «Traktorlar» davomi…

Panos Tasitis (1923)

YoLG‘IZLIK Biz doimo nimadir topamiz Va nimadir yo‘qotamiz, Balki muomalada bo‘lar Xanjarlarimiz. Yuzimizda bir xil dog‘lar,chandiqlar qolar. Baribir, o‘ylayman, Do‘st bo‘lganmiz-ku, toki Yelkama-elka, so‘nggi lahzagacha Zarbalar do‘stligimizni Qoq ikkiga bo‘lmagunicha. Shu lahzada Qo‘rqib, O‘zimda yo‘q Ma’yus, umidsiz turibman, Turibman-u, o‘liklarga davomi…

Kostas Steriopulos (1926)

SUKUT Hayotimizga Jim bo‘lishdek Sukunat cho‘kdi Xuddi Izillagan o‘q yomg‘iri so‘ngida Bir sukutki adog‘i yo‘q. Nima ham qilardik Jon qayg‘usida Boshdan boshlash to‘g‘riroq balki Biz Bo‘ri va qashqirlar uvlashi ostida Uyimiz, vatanimizda Badarg‘a qilinganlarmiz Nog‘orachi nog‘orasiz, Karnaychi karnaysiz Jangchilar qilichsiz davomi…