Leapold Sedar Sengor (1906-2001)

Leopold Sedar Sengor (Léopold Sédar Senghor) – shoir, siyosiy arbob, Parijdagi Sarbonna universitetining filologiya fakultetini tugatib, afrikaliklar orasida birinchi bo‘lib, frantsuz litseylarida dars berish huquqini oladi. 1939–1940 yillarda frantsuz armiyasida xizmat qiladi. Qarshilik ko‘rsatish harakatida qatnashadi, ikki yil fashistlar kontslageri davomi…

Lamin Diakate (1928-1987)

Lamin Diakate (Lamine Diakhaté) – taniqli shoir, jamoat arbobi, jurnalist va adabiy tanqidchi. Dakar va Parij universitetlarida tahsil olgan. Parijdagi “Sorafom” radiosida va shu radioning Senegaldagi bo‘limi direktori vazifalarida xizmat qilgan. Senegalning ilk prezidenti Sengor davrida davlat maslahatchisi va axborot, davomi…

Malik Fal (1929-1978)

Malik Fal (Malick Fall) – senegallik taniqli shoir va yozuvchi. Asosan frantsuz tilida ijod qilgan. “Bo‘rtma naqshlar” she’riy to‘plami va “Jarohat” romani e’lon qilingan. Malik Falning “Qorong‘ilik”, “Sayyohlarga” she’rlarini atoqli shoirimiz Shavkat Rahmon o‘zbek tiliga o‘girgan. QORONG‘ILIK Qishloqlarim qo‘rqar qorong‘ilikdan, davomi…