Said Ahmad (1920-2007)

O‘zbek nasrining peshqadam arboblaridan biri Said Ahmad Husanxo‘jayev 1920 yil 10 iyunda Toshkentning Samarqand darvoza mahallasida dunyoga keldi. 1939 yili o‘rta maktabni, 1943 yili esa oliy o‘quv yurtini tugatdi. Adabiyot darslari va to‘garaklarida ijodga bo‘lgan havasi ortib, qo‘liga qalam ushlagan. davomi…

O‘tkir Hoshimov (1941-2013)

O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov Toshkentning Do‘mbirobod dahasida 1941 yilning 5 avgustida tavallud topgan bo‘lib, bolaligi urush qiyinchiliklari, muhtojliklari davrida kechgan. Shu tufayli u o‘rta maktabni a’lo baholar bilan bitirgan bo‘lsa ham oilaviy sharoiti yuzasidan ishlab turib o‘qishga majbur bo‘lgan. davomi…

Ozod Sharafiddinov. Millatni uyg‘otgan adib

Agar mendan shuncha yil yashab umringdan topgan quvonching va mamnuniyating nima bo‘ldi deb so‘rasalar, men hech ikkilanmasdan Oybek va G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor va Shayxzoda kabi buyuk so‘z san’atkorlari bilan zamondosh bo‘lganim, ularning suhbatlaridan bahramand bo‘lganim, betakror asarlarIdagi go‘zallik va davomi…

Nazar Eshonqul: «Samoviy zavq lazzati» (2003)

— Keling, suhbatimizni adabiyotning jamiyat hayotidagi vazifasidan boshlasak… — Adabiyot, umuman, san’at — millatning qalbi, ruhi, ko‘ngli. San’atga e’tiborsizlik millat ko‘nglini mensimaslik bilan barobar. Men chinakam san’at haqida gapirayapman. Bitta oldi-qochdi kitob yozib, yoki uch-to‘rtta chuchmal qo‘shiq aytib, o‘zini san’atkor davomi…

Umarali Normatov. Qalb dramasi va nafosati (2004)

Mumtoz she’riyatimizning nodir namunalariga xos eng muhim xususiyatlardan biri shuki, ularda shoir (lirik qahramon) qalbining adadsiz qiynoqlari, ohu zorlari o‘quvchini larzaga solar darajada butun keskinligi, dramalari bilan izhor etiladi. Ayni paytda shu ruhiy qiynoqlar ifodasi kishi ko‘nglini asir etadigan, ovutadigan davomi…

Ozod Sharafiddinov. Sa’dulla Qosimovni bilgan bormi? (2002)

“Oralaringda Sa’dulla Qosimovni bilgan bormi?” Mening bu savolimga hozirgi yoshlar yelka qisib javob beradi. Keksaroq odamlarning ham ko‘pchiligi “Yo‘q, bilmaymiz” deydi. Faqat ahyon-ahyondagina bitta-yarim munkillagan, lekin qiyofasidan bir zamonlar ziyolilar toifasiga mansubligi sezilib turadigan qariya: “Qulog‘imga chalingandek bo‘lgan edi, lekin davomi…