Orif Odilxonov. Saylanma

Orif Odilxonov. Saylanma: She’rlar, doston / So‘zboshi: M. Qo‘shjonov /. — Toshkent, «Sharq», 1999. Shoirning birinchi mashqi bastakor va hofizlarning jalb qildi, ashula qilib aytiladigan bo‘ldi. Mana, qirq yildan oshyaptiki, Orif Odilxonov shu yo‘sinda qalam tebratadi. Uning 100 ga yaqin davomi…

Olqor Damin. Navo

Olqor Damin. Navo: She’rlar, g‘azallar, muxammaslar, to‘rtliklar. — Toshkent, «Sharq», 2012. Shu vaqtgacha shoirning o‘ndan ortiq kitoblari bosilib chiqdi. «Toshdagi gullar», «Sabr haykali», «Salom, yaxshilik», «O‘lmas daholar», «Assalom, Navro‘z», «Assalom, Sohibqiron», «Bolalarga qirq hadis», «Qirq muxammas», «Afsona shahrim» hamda «Quchoqlayman davomi…

Normurod Narzullayev. Chaman ichra

Normurod Narzullayev. Chaman ichra: (Qo‘shiqlarim). — Toshkent, G‘. G‘ulom, 1995. Ushbu to‘plamga Normurod Narzullayev (Narziy)ning hofizlar ovozida yangraydigan qo‘shiqlari jamlandi. Bu qo‘shiqlar har bir xonadonga kirib ulgurgan, desak yanglishmagan bo‘lamiz. To‘plam siz, kitobxonlarga ma’qul keladi deb o‘ylaymiz.

Gulchehra Jo‘rayeva. Saylanma: Gulshan aro

Gulchehra Jo‘rayeva. Saylanma: Gulshan aro: She’rlar, dostonlar. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987. O‘zbekiston Lenin komsomoli mukofotining laureati Gulchehra Jo‘rayevaning ijodi nazm shaydolariga yaxshi tanish. Shoiraning ushbu saylanma kitobiga turli yillarda bitilgan serzavq she’rlari, shuningdek, dostonlari kiritildi.

Dadaxon Hasan. Chamanimdan ayirma

Dadaxon Hasan. Chamanimdan ayirma: She’rlar va qo‘shiqlar [So‘zboshi T. To‘laniki]. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1984. Dadaxon Hasan shoir, bastakor, xonanda sifatida el tiliga tushgan. «Chamanimdan ayirma» nomli uchinchi kitobiga muallifning o‘zi kuy bastalagan qo‘shiqlari, boshqa yangi she’rlari qatorida davomi…

Arevshat Avakyan (1940)

Arevshat Avakyan — shoir, jurnalist va rassom. 1966 yili Yerevan davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Qo‘nim bilmas parvozlar”, “Nurli trayektoriya”, “Moddiyat ruhi”, “So‘z qulfi” va “Boshpana” kabi she’riy va nasriy kitoblari chop etilgan. Rassom sifatida o‘z kitoblariga be­zaklar ham ishlagan. davomi…

Sayat-Nova (1712-1795)

Sayat-Nova (Սայաթ-Նովա; asl ismi – Arutin Sayadyan) Tbilisida, kambag‘al arman oilasida tug‘ilgan. U yashagan paytda Tbilisida turli millat vakillari istiqomat qilishgan. Shu bois Sayat-Nova arman, gruzin, ozarbayjon tillarini puxta o‘zlashtirgan. Sayat-Nova otashin muhabbatni, ijtimoiy adolatni, xalqning asriy orzu-umidlarini bir yo‘la davomi…