G‘ayratiy (1902-1976)

O‘zbek adabiyoti ravnaqiga o‘z ulushini qo‘shgan adiblardan biri G‘ayratiy—Abdurahim Abdulla o‘g‘li 1902 yil 15 fevralda Toshkentning Degrez mahallasida hunarmand oilasida dunyoga keldi. Uning otasi o‘qimishli, adabiyotga qiziqqan kishi bo‘lgan. Onasidan erta judo bo‘lgan Abdurahim mahalladagi Oyimxon aya qo‘lida tarbiya topgan. davomi…

Turob To‘la (1918-1990)

Qo‘shiqchi shoir va dramaturg Turob To‘la 1918 yil 24 dekabr kuni Qozog‘iston respublikasi Chimkent viloyatiga qarashli Turbat qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilib, bolalar uyida tarbiyalandi. 1933—1941 yillarda Toshkent pedagogika institutining kechki bo‘limida tahsil oldi. Shu bilan birga, «Yosh kuch» jurnali, «Yosh davomi…

Sharif Yusupov. Buni umr derlar… (2002)

1969 yil 28 martda singlisi Muqaddamxonga yo‘llagan boshqa bir maktubidan Sayid Islombek o‘z davrining yetuk siyosatdoni, mustamlakachilikning shafqatsiz dushmani, har qanday qudratli mamlakatning boshqa bir mamlakatga nisbatan zo‘ravonlik o‘tkazishiga toqati yo‘qligini ko‘rsatuvchi shaxs ekanini ko‘rish mumkin: «1921 yilgacha, – deb davomi…

Ozod Sharafiddinov. Adabiyotimiz fidoyisi

Shoir va dramaturg, adabiyotshunos va tarjimon, tarixchi va mutafakkir, notiq va pedagog — bularning bari hozir, ya’ni 1950 yilda biz — talabalarga ma’ruza o‘qishga shaylanib, ko‘z oynagini dastro‘moli bilan artib turgan odamda jamuljam edi. O‘rta bo‘yli, miqti gavdalik, jingalak sochlari davomi…

Mayago‘zal Choriyeva. Ijodning sirli olami

Har qaysi ijodkor o‘zicha bir olam. Yozuvchi yoki shoir asarlarida aks etgan hayot haqiqatlari, aslida, ana shu olamning turfa manzaralaridir. Badiiy ijod psixologiyasi bilan shug‘ullangan olimlarning ta’kidlashlaricha, muayyan bir asarning teran tahliliga erishmoq uchun muallifining fe’l-atvori, tarjimai holi, dunyoqarashi, bolalikda davomi…

Sirojiddin Sayyid. Shoirlik va shoirchilik (2004)

DARS Kuzning yomg‘irli kunlaridan birida Milliy universitetimiz qoshidagi Oliy adabiyot kursi talabalariga dars o‘tishim kerakligini aytib qolishdi.— Bormasangiz bo‘lmaydi, planga kiritib qo‘yganmiz, shoirlik, she’riyat haqida, tajribangiz to‘g‘risida o‘rtoqlashsangiz, talabalar kutishadi, — dedi ularning «o‘nboshi»si, ozg‘in qoramtir shoir yigit.Men hazillashgandek bo‘ldim:— davomi…

Bonu (1837-1891)

Bonu (taxallusi; asl ismi Samar Bonu Sirojiddin qizi) (1837, O‘sh — 1891, Andijon, Mingtepa qishlogi) — o‘zbek shoirasi, ma’rifatparvar. Huvaydoning chevarasi. «Meros dedim bobomlardin» masnaviysida Hofiz, Navoiy, Shams Tabriziy, Ahmad Yassaviy va bobosi Huvaydoni tilga olib, shoirlik iste’dodi ota-bobosidan meros davomi…

Do’iy (1824-1909)

Do’iy (taxallusi; asl ism-sharifi Xoja Muhammad Yusuf Oxund) (1824 — Xiva — 1909) — o‘zbek shoiri. Xiva va Buxoro madrasalarida tahsil ko‘rgan. Xivadagi Arab Muhammadxon madrasasida mudarris, shahar jome masjidida voiz (va’z aytuvchi) bo‘lib xizmat qilgan. Chin sevgi va sadoqat, davomi…

Uzlat (1752/58 – XIX asr)

Asli ismi Muhammad Sharif bo‘lib, Uzlat (Uzlatiy), Mahjur, Nodir (Nodiriy), Sharif (Sharifiy) taxalluslari bilan o‘zbek va tojik tillarida ijod etgan bu shoir Qo‘qon adabiy muhitidagi so‘z san’atkorlari qatoriga kiradi. Shoir Uzlat hayotiga doir ayrim ma’lumotlar shoirning o‘z asarlarida va Fazliyning davomi…