Saqoqush baliqni qanday tutadi?
Saqoqushlar baliqni tumshug‘i bilan tutadi va uni og‘zining pastki qismidagi katta xaltasiga joylaydi. Saqoqushlar mana shu tartibda anchagina baliq tutadi. Xalta to‘lgan payti uning ichidagi suv to‘kilib ketadi va saqoqushlar hamma baliqni bir galdayoq paqqos tushiradi.