Shajara: Siz qaysi pillapoyadasiz?

Besh yashar jiyanim televizorda ko‘rsatilayotgan serialning qaerda tugaganligini tushuntirish uchun boshdan oyoq gapirib berganida, rosti, ajablandim. Alifbeni, karra jadvalini o‘rganishdan avval xorijiy seriallarning ta’siriga tushib qolgan, ularga qiziqish bilan yondashayotgan yosh o‘g‘il-qizlar bilan bolaligimiz orasida tafovut bor edi. Bu kabi davomi…

Achchiq saboq

«Yozning ilk kunlari. Quyoshning tonggi nurlari yuzimni chimchilab uyg‘otar, subhidamning muloyim shabadasi yuz-ko‘zimni silab, allalaganday tuyulardi. Bir zum yana o‘qishga kech qolayotganim esimga tushdi va o‘rnimdan sapchib turdim. Soat har doimgidek yerda dumalab yotar, soat millari esa hamon yetti raqamini davomi…

Oqibat va andishani asraylik

Singlimning tug‘ilgan kuni edi. Xursand qilish maqsadida uni o‘zi yoqtirgan film namoyishiga olib bordim. Alisher Navoiy san’at saroyining muhtasham zaliga tomoshabinlar allaqachon yig‘ilib bo‘lgan. Biz ham bo‘sh o‘rinlardan biriga o‘tirayotgandik, orqa tarafdan bir qiz e’tiroz bildirdi. —U yer band, boshqa davomi…

Vafodorlik

Odob, axloq qoidalari bitilgan kitoblarda vafodorlik sifati ham madh etiladi va va’daga vafo qilmoq, omonatga xiyonat qilmaslik, bergan so‘zining ustidan chiqish kabi xislatlar insoniy fazilat ekanligi uqtiriladi. Yana shunday deyiladiki, va’daga vafo qilmoq mard kishilarning ishidir. Vafo bilan ziynatlangan kishilar davomi…

O‘ng qo‘shni – chap qo‘shni

Qishning so‘nggi oyida haj safariga ketgan yurtdoshlarimiz bilan ko‘rishmoqlik nasib qildi. Bir umr orzu qilib, niyatiga yetkazganga shukrona qilib kelganlar «hoji aka», «hoji ona» deb qilinayotgan murojaatdan boshlari osmonga yetardi. Bizning o‘ng va chap tarafimizdagi qo‘shnilar ham muborak safarga borish davomi…

Yaqindagi uzoq odamlar

Tushimga buvim kiribdilar. Nimagadir mendan xafaliklarini sezdim. Adangizga yaxshi qaranglar bolam, dedilaru, g‘oyib bo‘ldilar. Vafot etgan buvimning bu gaplaridan sergak tortdim: oxirgi marta otam bilan qachon tuzukroq gaplashdim? Qachon ko‘ylaklarini yuvib bergandim-a? Ba’zan bolam-chaqam, ro‘zg‘or deb tinmay ishlayotgan otamning qachon davomi…

Jiyronning ko‘z yoshlari

Ot! – bu shunday jonivor ekanki, agar unga o‘z mehringni berib parvarish qilsang, u ham sendan ortiq mehr qo‘yar ekan. Ota-bobolarimizning otga ta’rif berishganida «agar, kimda-kim otni tushida ko‘rsa, o‘ngida u odam albatta yaxshilik ko‘radi. Ot bu erkak kishining qanoti, davomi…

Qimor ortidagi qiyomat

Tanazzul yo‘li Qishning izg‘irinli kunlari kirib kelgandi. Qishloqqa oqshom cho‘ka boshladi. Bu paytda aksar odamlar dam olish ilinjida uyiga, oilasi bag‘riga qaytayotgan bo‘ladi. Biroq, Ravshan boshqalar singari oilasi bag‘riga emas, balki sinfdosh do‘stlari bilan Komilning uyiga, ya’ni o‘tirishga ketayotgandi. Aynan davomi…

Yurakning to‘rt sanchig‘i

ShAYMAN ChAVANDOZNING NIGOHI Kuzning oxirlari edi. Telefon jiringladi: notanish raqam. Behafsala go‘shakni ko‘tarsam, tanish ovoz eshitildi:— Qandaysan, nevara, kayf chog‘mi?Ko‘ksimga qishloq hidi urilganday bo‘ldi: Shayman chavandoz. G‘ayratli bova, fermer. Yilda ikki-uch marta nimalarnidir hal etgani bazza-bazza poytaxta kelib turadi.

Aybsiz jinlar

Sevara bilan Sherzodning o‘rtasidagi munosabatga hammaning havasi kelardi. Yigit ham qiz ham husnda, aqlu malohatda bir-biridan qolishmas, qolaversa, yoshligidan bir-birlariga beshikkerti qilinganlari yoxud birga o‘ynab ulg‘ayganlari tufaylimi, ularning bir-biriga bo‘lgan munosabati nafaqat sevishganlar, balki bir-biri uchun tug‘ilganlardek, bir-biri uchun yashayotganlardek davomi…