Doniyolbiy

Doniyolbiy otaliq (Doniyolbiy ibn Xudoyorbiy) (?-1785) (1758-1785) Mang‘itlarning nufuzli biylaridan, otaliq. Buxoro amiri Muhammad Rahimbiyning amakisi. 1758 yil 24-martda Muhammad Rahim vafotidan so‘ng uning o‘g‘illari bo‘lmaganligi uchun xonlik taxtiga voyaga yetmagan nabirasi – Fozilto‘ra o‘tqazilgan, Miyonkol hokimi bo‘lgan Doniyolbiy unga davomi…

Amir Shohmurod

Shohmurod ibn Doniyolbiy (1749-1800) (1785-1800) Buxoro amiri. Mang‘itlardan bo‘lgan. Yoshligidan xudojoy, porso bo‘lib o‘sgan. Madrasani bitirib darvishlik suluki soliklaridan biriga aylanadi. Shuning uchun xalq uni hurmat bilan “amiri ma’sum” (begunoh amir) unvonini bergan. Shohmurod darvishona hayot kechirar, shayx maslahati bilan davomi…

Amir Haydar

Amir Haydar ibn Shohmurod (1800-1826) Mang‘itlardan bo‘lgan Buxoro amiri. Uning hukmronlik yillarida mamlakatda notinchlik hukm suradi, ya’ni markaz va viloyatlar hamda kechagina viloyat maqomida bo‘lgan, lekin endilikda alohida siyosiy birlik – xonlikka aylangan Xiva va Qo‘qon bilan qarama-qarshiliklar avjiga chiqadi davomi…

Amir Nasrullo

Nasrulloxon ibn Amir Haydar (1806 yil 1 iyun – 1860 yil 21 sentabr) (1826-1860) Mang‘itlar sulolasidan bo‘lgan Buxoro amiri. Otasi Amir Haydar hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qilgan. 1826 yili Amir Haydar vafot etgach bir necha oy mobaynida Nasrulloning ikki akasi davomi…

Amir Muzaffar

Muzaffar ibn Nasrulloxon (1819 – Buxoro – 1885) (1860 yil 23 sentabr – 1885 yil 12 dekabr) Mang‘itlar sulolasidan bo‘lgan Buxoro amiri.Otasi Nasrulloxon davrida Karmanaga hokimlik qilgan. Amir Nasrullo vafotidan so‘ng, Buxoro taxtiga o‘tirgan. Otasi tomonidan Karmanaga surgun qilingan kishilarni davomi…

Amir Abdulahad

Abdulahad ibn Amir Muzaffarxon (1859 yil 16 mart – 1911 yil 6 yanvar) (1885-1910) Mang‘itlardan bo‘lgan Buxoro amiri. Uning davrida Chor hukumati Buxoroda rus siyosiy agentligi ta’sis etib (1886 yil), Turkistonda, jumladan, Buxoro xonligini xom-ashyo ba’zasiga aylantirish va bu yerdagi davomi…

Amir Olimxon

Amir Said Olimxon ibn Abdulahad (1881, Karmana – 1944. 28 aprel, Kobul) (1910-1920) Mang‘itlardan bo‘lgan Buxoro amiri. Peterburgdagi Nikolayev (pajlar) korpusida ta’lim olgan (1893-96). 1898 yil Qarshi, valiahd sifatida Karmana bekliklariga hokim bo‘lgan. Otasi vafotidan so‘ng 1910 yil 24-dekabrda Buxoro davomi…

Elbarsxon I

(?-1516), (1511-1516) Xorazmda hukmron bo‘lgan shayboniylar sulolasi asoschisi va xoni, Berka Sultonning o‘g‘li Chingizxonning nabirasi Shaybon avlodidan. Otasi Berka sulton Shayboniyxon tomonidan qatl qilingandan so‘ng (XV  asrning 80 yillarida), ukasi Bilbars bilan o‘z ulusi (Sirdaryoning quyi oqimida) istiqomat qilgan. 1510 davomi…

Avaneshxon

(tug‘ilgan yili noma’lum) (1525-1538) Xiva xoni. Shayboniylar sulolasidan. Ubaydullaxon 1537 yili Urganchni egalladi va Avaneshxon qo‘shinlarini tor-mor keltirib, xonning o‘zini o‘ldiradi. Xonlik hududi to‘rt qismga bo‘linib, uning bir qismi Ubaydullaxon, qolgan uch qismi esa Hisor, Samarqand va Toshkent hokimlariga bo‘lib davomi…

Alixon

(tug‘ilgan yili noma’lum) (1538-1547) Xiva xoni. Shayboniylar sulolasidan. XVI asr oxiri-XVII asr boshlarida Amudaryo o‘zaning o‘zgarishi, daryo avvalgi yo‘nalishining qurib borishi xonlikda ichki siyosiy ahvolga qanchalik og‘ir bo‘lmasin hukmdorlarni irrigatsiya ishlariga e’tibor berishga majbur etgan. Uning davrida Yangiariq, Toshli, Yormish davomi…