Oybek. Quyosh qoraymas (roman)

BIRINChI BOBTim qorong‘i izg‘irinli kecha. Yomg‘ir xuddi jonga igna sanchiganday ezib, muttasil savalardi. O‘rmon bo‘ylab cho‘zilgan katta yo‘lda, jiqqa ho‘l bo‘lgan batalon loy sachratib, mudroq holda og‘ir odim otardi. Oldingi qatorda Asqar polvon bilan Bsktemir; eng oxirgida, hamma vaqtdagidek, safdan davomi…

Oybek. Ulug‘ yo‘l (roman)

BIRINChI BOBI Kun sovuq. Quyosh dam ochilib, ko‘ngillarni yoritib yuboradi, dam yopiladi-da, tumshayib oladi. Daraxtlardan to‘kilib ulgurmagan yaproqlar ora-sira shirt-shirt uziladi, salqin havoda bir-ikki aylanib tun izg‘irinida qatqaloqlangan, endi esa sumalaklana boshlagan ko‘cha loyiga g‘aribona yaslanadi.Kun sovuq, lekin bozor qaynaydi. davomi…

Oybek. Qutlug‘ qon (roman)

BIRINChI BOB I Vaqt peshindan oqqan edi. Iyul oyiniig quyoshi hamma yoqni olov seli bilan to‘ldirgan, havo allaqanday oq alanga bilan jimgina yonganday… Keng dala yo‘lida qatnovchilar siyrak: eski kir qalpog‘ini burniga qadar tushirib, issiqdan mudragan va horg‘in oriq otining davomi…

Oybek. Navoiy (roman)

Birinchi bob Bahor quyoshi ko‘kning tiniq feruzasida Hirotning Gavharshod madrasasining haybatli gumbazi ustida porlar, gumbazning azamat peshtoqlarining naqshlari sho‘lalarda jonli, havoiy bir chamanzor kabi turli-tuman olov ranglar chaqnatar, kabutarlar dam uchib, dam sirpanib qo‘nib, gumbaz tevaragida quvonch bilan inoq o‘ynashar davomi…

Oybek. Bola Alisher (qissa)

Kaftiga quyosh qo‘ndirilganday charaqlagan, keng chorxari mehmonxonada yangi yavmud gilam ustida tig‘iz davra qurgan qo‘noqlar, yaqin do‘stlar samimiy suxanvarlik ila suhbat qilurlar. Katta kashmiriy shol dasturxon uzra pista-bodom, mag‘iz, asal, xilma-xil holvalar to‘kilgan. Mehmonlar oshab ichish ila turli qiziq voqealardan davomi…

Oybek. Bolalik (xotira-qissa)

Tor ko‘chada, qo‘shnimizning eski, shaloq eshigi oldida mening chol bobom o‘z o‘rtog‘i — uzun soqolli, yirik jussali, kar quloq mo‘ysafid bilan nimalar to‘g‘risidadir ezmalanib so‘zlashadi. Bobom oriq, kichkina gavdasini devorga suyab, cho‘qqaygan: hassasini tizzalari orasiga qadagan. O‘rtog‘i esa qo‘pol, eski davomi…

Oybek. Fanorchi ota (hikoya)

Tor, qiyshiq ko‘chaning o‘ksik oqshomini Tursunqul akaning churuk daivozasi tepasiga o‘tqizilgan bir fanorning titrak nurlarigina yoritar edi. Uni har kun kechqurun past bo‘yli, burushiq yuzli bir chol kelib, yoqib ketar edi. Biz uni «Fanorchi ota», der edik. U juda yuvvosh, davomi…

G‘afur G‘ulom. Shum bola (qissa)

I bo‘lim Rastalar obod. Qaymoq bozorining burilishida mahkamaning boshida Ilhom samovarchining kattakoy choyxonasi bo‘lib, unda grammofon chalinadi. Turli-tuman plastinkalar orqali To‘ychi hofiz, Hamroqul qori, Hoji Abdulaziz va Farg‘ona yallachi xotinlari ketma-ket maqomlar, yallalar, ashulalar aytadi. Choyxonada joy yetishmaydi. Uzun rasta, davomi…

G‘afur G‘ulom. Netay (qissa)

Savr oylarining uzluksiz yomg‘irlari ko‘katlarni qulog‘idan tortib chiqargan. Havo musaffo. Quyosh yig‘ilar so‘ngidan kulgan qiz kabi shabnamli kipriklari bilan ko‘k o‘rtasidan mo‘ralaydi.Navro‘ziy bedanalarning paydar-pay sayrashlari ko‘klam keliniga: «Xushvaqt, xushvaqt…»—deb chuchut otadi.Qish bo‘yi to‘kmada qo‘r to‘kkan yigitlar kurash olg‘uday bir maydon davomi…