Mehrinoz Abbosova (1995)

1995 yili tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tavsiyasi bilan “Men yoshlikman”, “Yulduzrang qo‘shiqlar” nomli kitoblari chop etilgan. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi. *** Maysaning joniga bermaydi orom Tezroq yerni yorib chiqmoq istagi. davomi…

Talant Bek (1985)

Talant Bek 1985 yil 7 iyunda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. “Feruza osmon”, “Ilohiy qo‘shiq”, “Mangu afsona” she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Yurganmisan… Yurganmisan, ayt, suv yoqalab, Oyning oydin yog‘dularida? Egatlarning boshini tarab, Yotganmisan maysa bag‘rida? Bilarmisan yulduzlar – tanga? Tingladingmi yaproq tovushin. davomi…

Nilufar (1939)

Nilufar – 1939 yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) filologiya fakultetini tamomlagan. Uning “Gul rozi”, “Sadoqat”, “Sog‘indim”, “Seni izlarman”, “Bahorga iltijo”, “Iffatli sharq ayoli”, “Qil ko‘prik”, “Haq qushining ovozi”, “Qalb amri” nomli kitoblari chop etilgan. * * * Bahor davomi…

Oygul Ubaydulla qizi (1962)

Oygul Ubaydulla qizi – 1962 yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetida (hozirgi O‘zMU) o‘qigan. Uning “Shahsuvor”, “Yolg‘izlik guli” she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Qayerdasan suluv majnuntol? Sochlaringni tortqilab sabo, O‘ynar edi, joningga tegib. Ko‘zlaringda quvnardi ibo, Ko‘klamoyning etaklari o‘tsa teginib. Yayrar edi davomi…

Akademik To‘ra Mirzayev vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi To‘ra Mirzayev 2020 yilning 29 sentyabr kuni vafot etdi. To‘ra Mirzayev (1936.06.03, Shofirkon tumani – 2020.29.09, Toshkent) – Folklorshunos olim. Filologiya fanlari davomi…

Abduqayum Yo‘ldosh. Bozor (hikoya)

Kamol akaga “…Elning qanday yashayotganini bilmoqchi bo‘lsang, avvalo, uning bozorlariga qara”, deydi donishmand xalqimiz. Darhaqiqat, bugun viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon bozorlarida sotuvchi va xaridorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarni, peshtaxtalardagi to‘kin-sochinlikni ko‘rib, diling ravshan tortadi…” Davronning dili ravshan tortmadi, bil’aks, peshonasi davomi…

Umarali Normatov (1931-2022)

Umarali Normatov (1931.3.1, Beshariq tumani – 2022.1.29, Toshkent) — adabiyotshunos olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1981), filologiya fanlari doktori (1978), professor (1979). Toshkent universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1957). 1962 yildan ToshDU (hozirgi O‘zMU) filologiya fakultetining o‘zbek abadiyoti kafedrasida katta davomi…