Said Ahmad. Uzun til (hajviya)

Qobiljon direktorning kabinetidan lattadek bo‘shashib chiqdi. U qabulxonada o‘tirganlarga loqayd bir nazar tashladi-yu, tez yurib koridorga burildi.— Siylaganni sigir bilmas, deb shuni aytadi-da. Ishga yangi kelganda idoraning pasti-balandini tanishtirgan kim edi. Mish-mish gaplarni qulog‘iga yetkazib turgan kim edi, shuni bilmadi-ya. davomi…

Said Ahmad. Yor izlab (hajviya)

(Badiiy ocherk) Sa’nat saroyida bo‘layotgan Sakkizinchi mart xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishga meni kiritishmadi. Eshikda turgan tilla tishli jujur-niy xotinga ichimda yig‘ilib qolgan hamma gaplarni to‘kib soldim.— Axir, men o‘n gulidan bir guli ochilmagan 72 yoshli yigit bo‘lsam, nechukki davomi…

Said Ahmad. Turmush chorrahalarida (hajviya)

(Munosib mukofot) Boshqarmadan ustiga surg‘uch yopishtirilgan ikkita konvert keldi. Birida korxona ma’muriyatidan zudlik bilan alohida o‘rnak ko‘rsatgan ishchilardan besh kishini «Faxriy yorliq»qa tavsiya qilishlari so‘ralgan. Ikkinchisida ilg‘or ishchilarni mukofotlash uchun yigirma besh ming so‘m ajratilgani aytilgan.Shu munosabat bilan direktor Darmonov davomi…

Said Ahmad. Ekolo‘giya va biz (hajviya)

(Zararlik kasb) Trestning hisob-kitob ishlari boshliqning ta’biri bilan aytganda, mo‘shniy. Bitta hayhotdek katta xonada bosh bo‘g‘oltir, uchta yordamchisi, to‘rtta kichik bo‘g‘oltir, ikkita hisobchi va kassir Donoxon ishlaydi. Xonadagilarning Donoxondan boshqa hammasi chekadiganlardan. Chekkanda ham tutunini tutunga ulab chekadigan kashandalar. Ayniqsa davomi…

Said Ahmad. Masali gurba (hajviya)

Bir poshsho mushugini silab, taxtda mudrab o‘tirgan edi. Narigi poshshodan bazmga taklif qog‘ozi keldi. Poshsho shosha-pisha boshiga toj kiyib, sovg‘asini qo‘ltiqlab yo‘lga tushdi.Bazm chinakamiga shohona bo‘ldi. Saroyni aytmaysizmi, hashamlari ko‘zni olaman, deydi. Dasturxonda dunyoning jami burchidan olib kelingan noz-ne’matlar bor. davomi…

Said Ahmad. Yur, yuvamiz (hajviya)

Urushning oxirlarida «Badavlat kelin» degan hikoyam «Yoshlar» gazetasida bosilgan edi. Hikoyada urushdan qaytib kelib uylanolmay yurgan bir yigitning zayomdan 25 ming so‘m pul yutgani va shu pulga uylanib olgani tasvirlangan edi.Haqiqatan ham o‘sha yillarda tirikchilik og‘ir, qimmatchilik edi. Yigitlar to‘yga davomi…