Mirmuhsin. «Ona qabriga gul» (hikoya)

…Deraza pardalari osha keng, ko‘rkam xonaga tashlab qo‘yilgan qizil gilamlardagi oftob asta-sekin surilib, karavotdagi paryostiqchaga yetdi. Yumshoq to‘shakka cho‘kib, pishillab uxlab yotgan to‘rt yashar Erkin har gal mana shunday, oftob yuzlariga tushmaguncha uyg‘onmasdi.Ammo bugun tong otmasdanoq cho‘chib uyg‘onib ketdi. Yonidagi davomi…

Asqad Muxtor. Chodirxayol (hikoya)

Bu yerda hamisha shovullab tuproq to‘kilib turadi. Tepalik o‘yilgan joyda tikka devordan, belkuragu ketmondan, sho‘r bosgan yelkalardan, cho‘kich zarbidan, kajava zambillardan shitirlab to‘kilardi. Bu shovullash o‘n besh-yigirma yil naridan kelayotganday, bo‘g‘iq, doim bir maromda allalab eshitiladi.Tepalik o‘yilib, qo‘raday katta kovak davomi…

Asqad Muxtor. Fano va baqo (hikoya)

«Bo‘lmasa vasli mango, ikki jahonni na qilay»(Mashrab)«Yozganlarim bari — hayot va o‘lim haqida»(Edgar Po)«Ollohning va’dasi haq. Dunyoi-dun sizni hargiz aldab qo‘ymasin»(Qur’oni karimdan) Xotin kishi bilan ish bitgandan keyin odam behafsala bo‘lib qoladi. Xolxo‘ja buni ilgaritdan bilardi-yu, lekin bunaqangisi bo‘lgan emas. davomi…

Asqad Muxtor. Jinni (hikoya)

Saidumarni olti-etti yildan beri ko‘rganim yo‘q edi. Kabobxonada bir yarim soatcha o‘tirib, miriqib gaplashdik. Maktabdoshlardan biri qizini uzatnbdi, birining o‘g‘li askardan qaytibdi, falonchi bobo, joyi jannatdan bo‘lgur, o‘tgan yili kuzda tom bosib qazo qilibdi, falonchi kelinoyi bo‘lsa ikki bolasining ustiga… davomi…

Asqad Muxtor. Arvoh (hikoya)

Abdurahmonning buvasi bugun yana keldi. O‘sha-o‘sha oq surp yaktak, shoyi qiyiq, oppoq soqoli va yarashiq sutdek salla…Ammo, Abdurahmon «Keling buva» deya olmadi — boboning vajohati xunuk edi.– Sen nima uchun meni mujmal yaltoqi qilib qo‘yding, bolam. Sendan umidim shulmidi! Men davomi…

Asqad Muxtor. Taft (hikoya)

Qobulda bog‘i Bobur degan qadamjo bor. Uning baland to‘rida shoirning qabri saqlangan. Oyoq tomondagi qari tutni o‘sha vaqtlarda o‘tqazilgan, deb tushuntirishadi. Qadamjoni ikkinchi bor ziyorat qilganim-da yonimda menga bog‘lab qo‘yilgan soqchidan bo‘lak odam yo‘q edi. Uning oti Ma’rif, kambag‘algina askar davomi…