Shukur Xolmirzayev. Qariya (hikoya)
Qo‘ziboy cholning kasbi betayin. Bozor kunlarida jarchilik qiladi. Xususan, moli yo‘qolgan kishilarga asqatadi: «O‘zi ola buzoq, bir pochasi qora, ikki yashar! Kimki ushlagan bo‘lsa yo ko‘rgan bo‘lsa, yo bog‘lagan bo‘lsa, o‘ttiz so‘m suyunchisi bor-ho-o!» deb baqira boshlaganda ovozi yetti mahalla davomi…