Anvar Obidjon. Ola-bula sharf (hajviya)
Oy tugab borayotgani uchun beshta jamoa xo‘jaligida ketma-ket tomosha qo‘ydik, bu – oltinchisi… Oxirgisi!Ha, oxirgisi bo‘lmay qurib ketsin-a! Bunaqangi rasvo klubni umrimda endi ko‘rishim: derazalarning oynalari chalapachoq, sahna sovuq, hatto kiyinish xonasigayam pechka-mechka yoqib qo‘yishmabdi, xonandayu raqqosalarimizning tishi yoppasiga «chakira-chakir davomi…