Oydina Mumtoz
KUZ Lang ochib eshikni xazon oyiga, Xayrga qo‘l cho‘zar qizargan Avgust. Tuflisin botirib yomg‘ir loyiga, Qo‘lida soyabon, shoshib kelar kuz. Yomg‘ir mudroq yo‘lning yuzini yuvar, Daraxtlar bag‘riga bosar yaproqni. Bulutlar osmonda qora – izquvar, Kalendar yirtadi yozgi varaqni… Kuz… Zaminning davomi…