Ahmadiy (XV asr)

Ahmadiy XV asr o‘zbek shoirlaridan bo‘lib, uning hayoti va ijodiy faoliyati haqidagi ma’lumotga hozircha ega emasmiz. Shoir Ahmadiyning «Sozlar munozarasi» deb ataganimiz birgina asarini bilamiz, xolos. Bu asarning XVI asr boshlarida ko‘chirilgan yagona bir nusxasi Britaniya muzeyida saqlanadi. To‘plamga kiritilgan davomi…

Yaqiniy (XV asr)

Yaqiniy (15-asrning 1-yarmi) — shoir. Navoiyning «Majolis un-nafois» asarida qisqa ma’lumot berilgan. Yaqiniyning bizgacha faqat «O‘q va Yoy» munozarasigina saqlanib qolgan. Bu asar Yusuf Amiriy, Ahmadiy an’analarining davomi sifatida maydonga kelgan. Yaqiniy otish musobaqasi maydoniga kirgan otliq yigitning qo‘lidagi o‘q davomi…

Sayid Ahmad (XIV-XV asr)

Sayid Ahmad, Saidiy (14-asrning oxiri — Hirot — 15-asrning 1-yarmi) — shoir. Temuriy shahzodalardan Mironshohning o‘g‘li, davlat idora ishlarida qatnashmagan. Turkiy va forsiyda she’rlar yozib, devon tartib bergan hamda noma janrida «Taashshuqnoma» («Oshiklar maktublari», Navoiy ta’biricha, «Latofatnoma») dostonini yaratgan (1435—36). davomi…

Xo‘jandiy (XIV-XV asr)

Xo‘jandiy (14-asrning 2-yarmi Xo‘jand — 15-asr boshlari) — shoir, dunyoviy adabiyot vakillaridan biri. Xo‘jandiy haqida biografik ma’lumotlar saqlanmagan. Bizgacha uning «Latofatnoma» asari yetib kelgan. Asar Xorazmiyning «Muhabbatnoma»siga nazira tarzida yozilgan. Doston o‘nta noma (maktuba)dan iborat. Asarda sevgi tarannum etilib, visol davomi…

Qutb Xorazmiy (XIV asr)

Qutb Xorazmiy (14-asr, Xorazm – ?) — shoir, tarjimon. Hayoti va ijodi haqida ma’lumot beruvchi yagona manba uning «Xusrav va Shirin» dostonidir. Qutb Xorazmiyning ijodiy kamolot yillari Xorazmning Oltin O‘rda davlatiga qaram bo‘lgan davriga to‘g‘ri keladi. Dostonini Sig‘noq shahrida yozgan davomi…

O‘ktam Mirzayor. Kuyov (hikoya)

Zafarxo‘jayev domla tilidan ilindi. O‘zimizga o‘xshagan-da. Xotini Floraxonim bilan suhbatlashib o‘tirib, bir-ikki shogirdini maqtab qoldi:– Bunaqa shogirdlar hech kimda bo‘lmagan, ular ishimning davomchilari, shu paytgacha o‘ttiz nafar shogird tarbiyaladim, ammo bular boshqacha-millatimiz boyligi! Har biri ikki, uch xorijiy tilni biladi. davomi…

O‘ktam Mirzayor. Sovg‘a (hikoya)

1 Ikki buklangan lo‘labolishga yonboshlagan ko‘yi bir lahza xayolga  berilgan Bardamqulning ma’nisiz nigohi xotinining sharbati so‘rilgan husaynidek burishgan barmoqlariga tushib, to‘xtab qoldi. Har ikki kunning birida bolalarning kirini  changallayverib oqem bo‘lgan barmoqlar piyolani qimtinibgina tutib turardi.“O‘l-a, xotinni abgor qipsan-ku” degan davomi…