Otaulla Xo‘jayev (1880-1937)

Xo‘jayev Otaulla, Xo‘jayev Otaxo‘ja Po‘latxo‘jayevich (1880, Buxoro — 1937.25.10, Toshkent) — Buxorodagi jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, davlat va jamoat arbobi. Buxoroda Madrasa tahsilini olgan. So‘ngra Turkiyaga borib, akasi Usmon Xo‘ja, Fitrat va boshqa bilan Istanbulda tahsil olgan (1909—13). «Tarbiyai atfol» davomi…

Sayyoh (1879-1918)

Sayyoh, Abdurahmon Sayyoh ibn Hoji Muhammad Sodiqov (1879, Toshkent — 1918, Qo‘qon) — ma’rifatparvar, noshir. Arabiston, Turkiya, Hindiston, Afg‘oniston, Yaponiya mamlakatlariga sayohat qilgani uchun o‘ziga «Sayyoh» taxallusini olgan. O‘n yoshida ota-onasi, aka-singlisi bilan Makkaga ketadi, o‘sha yerda oila a’zolarining barchasidan davomi…

Ibrohim Davron (1874-1922)

Ibrohim Davron (taxallusi; asl ism-sharifi Mirzaa’zam Ibrohim o‘g‘li) (1874-Qo‘qon – 1922.5.4) — o‘zbek shoiri, ma’rifatparvar, dramaturg, publitsist. Ibrohim Davron, asosan, she’r va pesalar, maqolalar yozgan. «Ash’ori nisvon», «Turkcha fig‘onlar» (1912), «Oltin so‘zlar» (1912), «Ta’lim jug‘rofiyasi» (1913), «Madaniy jumboqlar» (1914) she’r davomi…

Islom shoir (1874-1953)

Islom shoir Nazar o‘g‘li (1874 narpay tumani — 1953.17.7) — o‘zbek baxshisi. O‘zbekiston xalq shoiri (1940). Narpay dostonchilik maktabi vakili. Ernazar shoirning shogirdi. Bobosi Rajab shoirdan do‘mbira chertishni, terma va doston kuylashni o‘rgangan. 22 yoshida dostonchi sifatida tanilgan, 30 ga davomi…

Rojiy Xo‘qandiy (1871-1924)

Rojiy, Sulaymonqul usta Suyarqul o‘g‘li (1871 — Qo‘qon — 1924.11.11) shoir, xattot. Qo‘qon madrasalarida tahsil ko‘rgan. Rojiy ishqiy g‘azallar, satirik she’rlar, ta’rixlar yozgan. Ularda samimiy muhabbat ulug‘langan, 1-jahon urushi voqealari aks etgan, insonning jamiyatda tutgan o‘rni va qadr-qimmatiga baho berilgan. davomi…

Said Ahmad Vasliy (1870-1925)

Vasliy (taxallusi; asl ismi Sayd Axmad usta Azim o‘g‘li) (1870 — Samarqand — 1925.29.10) — o‘zbek va tojik shoiri, ma’rifatparvari. Toshkent (1883-91) va Buxorodagi (1893-1902) Ko‘kaldosh madrasalarida o‘qigan. Buxoroda (1903—09), Samarqanddagi Orifjonboy va Qusam ibn Abbos madrasalarida mudarrislik qilgan (1909—17). davomi…

Nozimaxonim (1870-1924)

Nozimaxonim (1870 – Toshkent — 1924) — shoira. O‘zbek ayollari orasidan chiqqan birinchi jurnalist-publitsist. Tatar, arab va fors tillarini o‘rgangan. Orenburg va Qozonda chiqib turgan matbuotni muntazam kuzatib borgan. Yevropa adabiyoti va madaniyati bilan tanish, erkparvarlik g‘oyalaridan bahramand bo‘lgan. O‘zbek davomi…

Ahmad Tabibiy (1869-1911)

Ahmad Tabibiy (taxallusi; asl ism-sharifi Ahmad Ali Muhammad o‘g‘li, 1869—Xiva—1911) — shoir, tarjimon, tabib. Xiva madrasalaridan birida o‘qigan. Otasidan va zamonasining mashhur tabibi Yaxshimurodbekdan tabiblikni o‘rgangan, Muhammad Rahimxon II (Feruz) saroyida tabiblik qilgan. She’riyatda shuhrat qozongan. O‘zbek va fors-tojik tillarida, davomi…

Haziniy (1867-1923)

Haziniy Xo‘qandiy (taxallusi; asl nomi Ziyovuddinxon Kattaxoja o‘g‘li Haziniy to‘ra) (1867 — Qo‘qon yaqinidagi Katta Kenagas qishlog‘i — 1923) — shoir va shayx. Qo‘qondagi Jome’ madrasasida tahsil olgan. Qur’on, tafsir, hadis, fiqh, kalom, adabiyot ilmlarini chuqur o‘zlashtirgan. Tasavvuf ta’limoti bilan davomi…