Aql va yurak mushtarak bo‘lsa… (yozuvchi va olim muloqoti) (2017)

Yozuvchi Isajon Sultonning «Genetik» romani adabiyot muxislarida o‘ziga xos fikru mulohazalar, mushohadalar uyg‘otdi. «Genetik» romanining yozilish tarixini yoritish, asardagi badiiy tilsimlarga kalit topish maqsadida roman muallifi, yozuvchi Isajon Sulton hamda Butunjahon fanlar akademiyasi a’zosi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, biologiya fanlari davomi…

Lion Feyxtvanger. Doktor B. kashfiyoti (hikoya)

Fiziolog doktor B. o‘z hamkasblari orasida katta mavqega ega edi. Tadqiqotlarining puxtaligi va xulosalarining beg‘arazligini bilganlar tomonidan ayniqsa juda qadrlanardi, bundan quvongan B. ko‘ngli qanchalik sust ketmasin, erishgan natijalarini sinchkovlik bilan qayta-qayta tekshirib, nazaridan o‘tkazishni qo‘ymasdi. Har qanday boshqa odam davomi…

Suvon Meli. Yirik xotiranavis

Har kim ham xotira yozolmaydi yoki yozganda ham qiziq, ya’ni e’tiborga loyiq hamda haqqoniy chiqara olmaydi. Xotira ong-shuurning javhari, inson ishtirokchi va guvoh bo‘lgan son-sanoqsiz voqealardan yodda muhrlanib qoladigan nurli nuqtalardir. Ilmiy til bilan aytganda, xotira – muayyan maqsad va davomi…

Alinazar Egamnazarov. Ona matonati (1989)

Urushda besh farzandidan ayrilgan Zulfiya ona haqida O‘n yetti yil muqaddam G‘alaba bayrami kuni Xonobod qishlog‘idagi o‘rta maktabning so‘lim hovlisida, bahorda to‘lib oqadigan Chirchiqning shovullashi shundoqqina eshitilib turadigan joyda Ulug‘ Vatan urushida halok bo‘lgan hamqishloqlar xotirasiga o‘rnatilgan obidaning tantanali ochilishi davomi…

Muhammadsharif So‘fizoda (1880-1937)

Muhammadsharif So‘fizoda o‘zbek demokratik va ma’rifatparvarlik davri adabiyoti an’analarini davom ettirgan adiblar sirasiga kiradi. Adibning tavallud tarixi shu vaqtgacha 1869 yil deb ko‘rsatib kelingan. Buyuk Ahmad Muhammad Ubayd («O‘zbekiston adabiyoti va san’ati», 1993, 23 iyul) bergan yangi ma’lumotga ko‘ra, So‘fizoda davomi…