Gulruh Yormatova. Ofat (hikoya)

Kech kuz o‘zining sarg‘ish etaklarini tog‘ yon-bag‘irlaridan butkul yig‘ib ulgurmay kun sayin qo‘li baland kelayotgan qish birdan quturib ketdi. Hali qilichining damini ko‘rsatishga fursati yetsa-da, keksa tog‘larga vajohatini ko‘rsatib qo‘ymoqchidek shamol va bo‘ron aralash ularning viqorli boshlari uzra qor purkay davomi…

Gulruh Yormatova. Tuman ortidagi manzillar (hikoya)

Ayol hovli adog‘idagi omborga kirdi-da nima qilsamikin, degandek uzun-uzun yog‘och xodalar ustiga pala-partish taxlab tashlangan biri yarimroq, biri to‘laroq qoplarga alangladi. So‘ng qidirganini topdi shekilli, bo‘g‘ziga ola-bula ip bog‘langan qopni inqillab-sinqillab pastga tushirdi. Qop tuproq yerga gup etib tushdi-yu, hammayoq davomi…

Bobomurod Erali (1965)

ToshDU (hozirgi O‘zMU)ning o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida aspiranturada o‘qigan, bir qancha vaqt ilmiy xodim bo‘lib ishlagan. Filologiya fanlari doktori, professor Abdurashid Abdug‘afurov rahbarligida «Alisher Navoiyning «Layli va Majnun» dostonida majoz va haqiqat davomi…

Suyima G‘aniyeva. Ko‘ngil shamchirog‘i (2012)

Adabiyotga qiziqish bolaligimdan boshlangan desam bir oz mubolag‘a qilgan bo‘laman. To‘g‘ri, yoshligimda xayolparastlik odatlarim bor edi. Ammo adabiyotga bo‘lgan chinakam ixlos talabalik yillarida sezildi. O‘qituvchilarimiz tavsiyasi bilan she’r yodlash va ifodali o‘qish mashg‘ulotlari menda she’riyatga, xususan, mumtoz adabiyotga ha­vas uyg‘otdi. davomi…

Endryu E. Xant. Shukrona (hikoya)

Yaqindagina xayriya fondi tomonidan berilgan jun adyol uning yelkalarini yaxshilab yopar, bugun axlat chelagidan topgan poyafzali oyoqlarini umuman qismasdi. Sovuq tunning izg‘irinidan so‘ng ko‘cha chiroqlarining tafti uning qalbiga ajib iliqlik olib kirardi… Parkdagi burushiq o‘rindiqlar uning toliqqan beliga judayam tanish davomi…