Nabi Jaloliddin. Majnun (qissa)

– Mashi skalad, Servisboy, – dedi do‘konchi qing‘ir-qiyshiq taxtalardan qilingan beo‘xshov eshikni g‘iyqillatib ochib, ichkari kirarkan. – Anovi lash-lushlarni bir tomonga taxlab, tagini tozalab berasiz. Xizmat haqi naqd – uch ming.Servisboy hech narsa demadi. Parishon ko‘zlarini g‘alati pirpiratib qo‘ydi-da, ishga davomi…

Jumaqul Qurbonov. Vafodor (hikoya)

Quyosh ufqqa sekin bosh qo‘ydi. Oqshom salqinida qo‘ylarning bir maromda o‘tlayotganini ko‘­rib, ko‘ngli tinchigan Qodir bobo gilamdek to‘shalgan maysa us­tiga yonboshladi. Atrofga cho‘kkan sukunatni ahyon-ah­yonda jonivorlarning ma’rashi, kakliklarning va har turli kushlarning sayrashigina buzib turardi. Oyoq tarafida yotgan itning nimanidir davomi…

Jumaqul Qurbonov: «Hayot o‘zi ustoz ekan» (2012)

Men tug‘ilgan Ko‘hnashahar qishlog‘i Qashqa­daryo­ning quyi oqimida joylashgan. Uning kunbotar tomonida mashhur Zanjirsaroy qal’asining xarobalari, kunchiqar tomonida esa Abdullaxonga nisbat beriladigan, biroq xalq orasida Bekcha deb ataladigan sardoba bo‘lardi. Bolaligimda qo‘y haydab yurib Zanjirsaroy xarobalarining sap-sariq g‘ishtlariga qarab chuqur xayolga davomi…

Ilhom Zoyir. Qog‘oz puli (hajviya)

Ko‘pincha mendan nega kulgili hikoyalar bitmay qo‘y­ganim haqida so‘rashadi.Bu qulog‘imga, “hajvchilar yozmasa hech kim kulmay qo‘yadi”, degandek eshitiladi. Go‘yo bizning kuldirishdan boshqa ishimiz yo‘qday.Shaxsan men, biror kulgili hikoya yozadigan bo‘lsam, avval shu hikoyaga asos bo‘ladigan voqeani tanishlarimga so‘zlab beraman. So‘zlab davomi…

Dilorom Dilxoh. Kuyuktut (hikoya)

Ochlikning azobi tutdi, har kim qo‘li-qo‘njiga ilashganini yutdi. Avval ko‘kka yetdik deb ko‘karganning barisini yeyishdi, keyin, seldrbosh ham qurib qop­ti, endi o‘lmaymiz, deyishdi. Shunda ham arpa kap­lab qancha odam shishib o‘ldi. Tirik qolgani bug‘doy pishig‘iga yetgan bo‘ldi.Erman deganning bari urushda, davomi…

Akmal Sayyid (1962)

Akmal Sayyid 1962 yili tug‘ilgan. “Jannati ayollar”, “Molbert ko‘zlari”, “Ilhom azobi”, “Oy to‘lgan tunda”, “Tavajjuh oni” singari kitoblar muallifi. SOG‘INCh Sog‘indim, onajon, sog‘indim biram, Dimoqqa urilgan oqquray totin. Ko‘zimning oldidan ketmas sirayam, Poxol chayla, bola, o‘roqchi xotin. Hovuchgina ovulni oqshom davomi…

Xosiyat Bobomurodova (1950)

Xosiyat Bobomurodova 1950 yili tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. Toshkent Davlat pedagogika universitetining matematika fakultetini tamomlagan. Ko‘p yillar Yozuvchilar uyushmasining Samarqand viloyati bo‘limida mas’ul kotiblik qilgan. Shoiraning “Samarqandga maktublar”, “Qalb titrog‘i”, “Vatan yagonadir”, “Jonimning egasi”, “Bormisan, o‘zbek” va yana davomi…