Uch avliyo

Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q, ekan, juda qadim zamonlarda Davlatshoh degan bir podsho bor ekan. Bu podshoning esi pastroq bir o‘g‘li bor ekan. Kundan-kun, oydan-oy o‘tib, bola yigirma besh yoshga kiribdi. Lekin aqlda yoshiga yetmabdi. Podsho ancha qarib, belidan quvvati, ko‘zidan nuri ketibdi.
Kunlardan bir kuni, podsho oltin taxtida o‘tirib: «Men juda qarib qoldim, endi uncha uzoq yashamasam kerak. O‘rnimga kimni qo‘ysam ekan, o‘g‘limni podsho qilay desam, esi pastroq bo‘lsa, shuncha yillardan beri to‘plagan molimni bir-ikki oyga ham yetkazmay, sovurib yuboradi», — deb uzoq vaqt o‘ylanib o‘tiribdi. Bir vaqt bir narsa esiga kslganday, birdan sakrab o‘rnidan turib ketibdi. «Ha, topdim, — debdi o‘ziga o‘zi, — o‘g‘limni biron bir aqlli qizga uylantiraman. Xotini unga aql bo‘ladi». Podsho shunday debdi-da, o‘g‘lini chaqirtiribdi.
— O‘g‘lim, men yoshimni yashab bo‘ldim. Endi uzoqqa borolmasam kerak. Seni uylantirib, o‘rnimga podsho ko‘tarsam, nima deysan, — debdi.
— Siz shunday deysizu, men yo‘q dermidim. Mayli, uylantirsangiz uylantiring, — debdi o‘g‘li.
Podsho:
— Kimni olib beray, o‘g‘lim? — deb so‘rabdi.
— Kimni istasangiz o‘shani olib bering, — debdi o‘g‘li. Podsho, o‘g‘lini yo‘lga solib yuradigan aqlli kelinni rosa axtaribdi, oxiri bir podshoning qizini uch kun to‘y-tomosha qilib, o‘g‘liga olib beribdi.
Oradan uch kecha-yu uch kunduz o‘tibdi. Ertalab podsho o‘g‘lini yoniga chaqirib:
— Qalay, xotindan mamnunmisan, o‘g‘lim? —  deb so‘rabdi.
— Menga yoqmadi, yomon ayol ekan, — deb javob beribdi o‘g‘li.
— Endi nima qilasan, — debdi podsho.
— Kelgan joyiga eltib qo‘yaman, — debdi o‘g‘li. Podsho u debdi bo‘lmabdi, bu debdi bo‘lmabdi. O‘g‘li xotinini uyiga eltib qo‘yibdi. Oradan uch kun o‘tkazib turib otasiga shunday debdi:
— Ota, meni uylantirib qo‘ying.
Podsho «xo‘p» deb, yana o‘g‘liga xotin izlab shaharma-shahar, mamlakatma-mamlakat kezib chiqibdi. Oxiri bir podshoning qizini topib, uch kui to‘y-tomosha qilib olib beribdi.
Oradan uch kecha-yu uch kunduz o‘tibdi, ertalab choy ichib o‘tirib podsho:
— Qalay, o‘g‘lim, bu xotiningdan mamnunmisan? —  deb so‘rabdi.
— Yo‘q, — debdi o‘g‘li. — Bu ham menga yoqmadi, yomon xotin ekan.
Podsho nima deyishini bilmay o‘ylanib qolibdi. Keyin o‘g‘lidan so‘rab qolibdi:
— Endi nima qilmoqchisan?
— Tug‘ilib-o‘sgan joyiga jo‘natib yubormoqchimap, — deb javob beribdi o‘g‘li.
Podsho o‘g‘lini ko‘ndirishga xarakat qilibdi, bo‘lmabdi, qizni o‘z uyiga eltib qo‘yibdilar. Kunlar ketidan kunlar, tunlar ketidan tunlar o‘taveribdi. Bir kuni podshoning o‘g‘li otasiga qarab:
— Ota, meni uylantirib qo‘ying, — debdi.
Podsho «xo‘p» debdi. Yana axtarib-axtarib bir podshoning qizini uch kecha-yu uch kunduz to‘y qilib o‘g‘liga olib beribdi. Podshovachcha bu xotini bilan ham uch kecha-yu uch kunduz turib, «yoqmadi», deb uyiga eltib qo‘yibdi. Keyin podshovachcha otasiga qarab, «uylantirib qo‘ning» degan ekan, otasi shunday debdi:
— O‘g‘lim, shuncha xotin olib berdim. «Birini o‘poq, birini so‘poq», deb haydab yubording. Endi otga mingin-da, o‘zing axtarib topgin.
Podshovachcha otasidan bu gapni eshitib, otiga minib, qiz axtarib ketibdi. Shaharning obod bir joyiga kelganida bir qizga ko‘zi tushibdi. Qiz juda ham chiroyli emish. Oy desa og‘zi, kun desa ko‘zi bor emish. Shahzoda qizni ko‘rib, yoqtirib, eshigiga belgi qilib, darrov orqasiga qaytibdi. Saroyga kelib, otasiga yoqtirgan qizining turar manzilini aytibdi. Otasi uch kecha-yu uch kunduz to‘y-tomosha qilib, haligi qizni o‘g‘liga olib beribdi. Oradan uch kun o‘tkazib turib, podsho o‘g‘lidan:
— Qalay, bu xotiningdan mamnundirsan o‘g‘lim, — deb so‘rab qolibdi.
Shahzoda oldiniga «he, bu ham yomon xotin», deb aytishga ogiz rostlabdi-yu, ammo qizching husni jamolini ko‘z oldiga keltirib, uni uyiga eltib qo‘yishga ko‘zi qiymay, «yaxshi!» deb yuboribdi. Podsho xursand bo‘lib, tag‘in uch kunlik to‘y-tomosha qilibdi.
Kunlar ketidan kunlar, tunlar ketidan tunlar o‘ta beribdi, podsho juda qartayib, hatto so‘roq so‘rashga ham yaramay qolibdi. O‘larini bilib, podsholik hukmi yetgan joylariga vaziru amaldorlarini yuborib, yetti yillik xirojni undirib olib, hech kimga bildirmay yerto‘laga ko‘mdiribdi. Keyin yoniga kelinini olivolib yerto‘laga kiribdi:
— Bolam, — debdi podsho oltinlarini ko‘rsatib, — mening o‘larim bor, qolarim yo‘q. Belimdan quvvatim, oyog‘imdan darmonim, ko‘zimdan nurim ketdi. Eringizning esi past, shuning uchun ham mendan keyii yurtga podsho bo‘lishiga aqlim yetmaydi. Mana bu ko‘mgan xumlardagi oltinlarni tejab-tergab sarflasanglar, bir umrga yetadi. Mening vafotimdan keyin oltinlarning tasarrufini siz qo‘lga oling, — debdi.
Ko‘p o‘tmay podsho olamdan o‘tibdi. Podshoning marosimlari o‘tgandan keyin:
— Endi qo‘lingiz bir oz bo‘shadi, bozorta borib mayda-chuyda xarid qilib kelsangiz, — debdi xotini podshovachchaga.
Podshovachcha «xo‘p» deb xizmatkoriga xalta-xultani ko‘tartirib bozorga ketibdi. Bozorga borib qarasa, yonida puli yo‘q emish. «Esdan chiqarib qoldiribman», — deb uyiga qaytibdi. Uyiga kelsa, xotinining yonida juda ham besunaqay shopmo‘ylov bir barzangi o‘tirgan emish.
— Kim bu, — deb so‘rabdi podshovachcha.
— Tog‘amning o‘g‘li, bozorga kelgan ekan, ko‘rib ketay deb kelibdi.
Yigit xotinining gapiga ishonib, bozor qilib kelibdi. Ziyofat katta bo‘libdi, arag‘u sharaq avjiga chiqibdi. Podshovachcha mast bo‘lib qolibdi. Xotini uni eski-tuski ko‘rpachaga o‘rab qo‘yib, o‘zi haligi barzangi bilai qavat-qavat ko‘rpalarda ertalabgacha kayfu safo qilib chiqibdi. Choshtgoh bo‘lganda podshovachcha o‘rnidan tursa, yonida xotini o‘tirgan emish.
— Ko‘p uxlab qoldingiz, — debdi xotini, — turing, choy ichaylik!
Podshovachcha o‘rnidan turibdi, hech narsani payqamabdi.
Kunlar ketidan kunlar, tunlar ketidan tunlar o‘taveribdi. Bir kuni podshovachchaning xotini:
— Bozorga borib, bozor qilib kelsangiz-chi, — debdi. Podshovachcha «xo‘p» deb bozorga ketibdi. Bozorga borib yonini qarasa, puli yo‘q. Olib kelay, deb uyiga kelsa, xotini kelishgan, xushmo‘ylov bir yigitcha bnlpp apoq-chapoq gaplashib o‘tirgan emish.
Podshovachchaning jahli chiqib:
— Bu kim? —  deb so‘rabdi.
— Meni ko‘rgani amakivachcham kelgan ekan, — deb javob beribdi xotini.
Podshovachcha xotinining gapiga ishonib, ularni qoldirib bozorga ketib, kechga yaqin bozorni qilib qaytib kelibdi. Tuni bilan bazmu ishrat qilishibdi. Yarim kecha bo‘lganda podshovachcha qattiq mast bo‘lib qolibdi, xotini uni eski-tuskiga o‘rab qo‘yib, haligi amakivachcham, degan yigit bilan ertalabgacha kayfu safo qilib chiqibdi. Bir payt podshovachcha boshi og‘rib, ko‘zi tinib o‘rnidan tursa, yonida xotini o‘tirgan emish.
Podshovachcha bu sirni kimga aytishni bilmay rosa hayron bo‘libdi.
Otasining bir o‘rtog‘i bor ekan. «Yaxshisi, otamning o‘rtog‘iga ayta qolay», debdi podshovachcha. Otasinipg do‘stining yo‘lini poylab ko‘cha eshik tagidagi supada o‘tirgan ekan, bir payt o‘tib qolibdi.
— Amaki, sizda maslahatli zarur bir ishim bor edi, — deb podshovachcha bo‘lgan voqealarnn unga aytib beribdi.
— Bu gapni ilgariroq aytishingiz kerak edi, shahzoda, — debdi otasining do‘sti. — Birinchi marta xotpningizning tog‘avachchasi kelgan ekan, ikkinchi marta amakivachchasi kelibdi. Bu gal ammavachchasi keladi. Ammo shuni bir bilib qo‘yingki, xotiningizning ammavachchasi ho‘ bozorning ro‘parasidagi katta do‘konning egasi — boy bo‘ladi. U bir kunlik savdosining pulini yoniga tugib keladi. Endi siz bundoq qiling: kechqurun yaxshilab ziyofat tashkil qiling, bozordan bitta echki terisini sotib olib, uni sanoch qildirib, uni ichingizdan osib oling. Kechqurun ichkilikka o‘tirganda, hadeb qistay bering. O‘zingiz aroqni ichgan bo‘ling-da, sanochga quya bering. Mabodo sanoch to‘lib qolsa, bironta bahona toping-da, eshikka chiqib uni to‘kib kiring, yarim kecha bo‘lganda o‘zingizmi mastlikka soling. Keyin nima bo‘lishini ko‘raverasiz.
Podshovachcha xotinining «bozorga borib keliig», deyishini kutib yuribdi. Bir kuni xotini podshovachchaga:
— Bundoq bozor-o‘charga borib kelsangiz-chi, uyda yog‘ ham qolmabdi, — deb qolibdi.
Podshovachcha avvalgidek bamaylixotir «xo‘p» deb bozorga jo‘nab ketibdi. Bozorga borib, katta bir echkining terisini sotib olib, sanoch qildirib, uni ichidan qorniga osib olibdi.
Uyiga ertaroq kelib qarasa, xotini mo‘ylovi buralib qulog‘idan oshgan, ko‘zlari olayib qinidan chiqqan bir kishi bilan bemalol gaplashib o‘tirgan emish. Podshovachcha xotinini chetroqqa chaqirib, qulog‘iga sekin:
— Kim bo‘ldi bu? —  deb shivirlabdi.
— Ammavachcham, bozorga tushgan ekanlar, yo‘l-yo‘lakay jiyanimni ko‘rib ketay deb kiribdilar, — deb javob beribdi xotini.
Shunda podshovachcha:
— Juda yaxshi, — deb ziyofatni boshlab yuboribdi. Dasturxon ustida arag‘u sharaq, meva-yu chevalar to‘lib-toshib yotgan emish.
Podshovachcha araqni ustma-ust suzibdi. O‘zi ham ichibdi, xotinining «ammavachchasi» ham beto‘xtov icha beryabdi. Bir payt podshovachchaning ichiga osib olgan sanoch to‘lib qolibdi, hech kimga sezdirmay tashqariga chiqib to‘kib kelib, o‘zini mastlikka sola beribdi. Shunda xotin eski ko‘rpachalarni solibdi. Bir imo qilgan ekan, haligi kishi podshovachchani dast ko‘tarib ko‘rpachaga yotqizibdi. Podshovachcha ko‘rpachaning yirtig‘idan qarab tursa, xotini kimxobu atlas ko‘rpalarni tizza bo‘yi qilib solib, haligi odamnning oldiga kelib, erkalanib, quchoqlab, tizzasiga o‘tiribdi. Boy ham xotinning belidan quchib, dast ko‘tarib ko‘rpachaga qarab otibdi. Ko‘rpada ikkovi suhbatlasha ketibdi. Buni podshovachcha eshitpb yotgan emish.
— Shu tentakka xotin bo‘lguncha, menga xotin bo‘la qolsangiz bo‘lmaydimi? —  debdi boy.
— Bu jinnivachchaga xotin bo‘lishimning boisi, — debdi xotin, — yerto‘ladagn otasidan qolgan oltinni qo‘lga kiritishdir. Oltinlarni qo‘lga olgan kunim bu yerdan gumdon bo‘laman-da, sizga tegaman. Basharasi qursin, bu sassiq alafni.
— Bu ko‘p ichib qattiq mast bo‘lib qoldi. Maqsadingizni shu bugunning o‘zidayoq amalga oshirib qo‘ya qolaylik. Oltinlarni joyidan olampz-da, biznikiga ketamiz-qolamiz, — debdi boy. Xotin:
— Bugun oltinlar qayerdaligini bilib oling, boshqa kuni olamiz, — debdi.
Ikkovi o‘rnidan turib, yetaklashib, yerto‘laga tushishibdi. Podshovachcha ularning orqasidan chiqibdi. Xotin o‘ynashiga oltin solingan xum ko‘milgan joyni ko‘rsatibdi. Podshovachcha joyiga qaytib, uyquga ketgan bo‘lib, xurrak otib yota beribdi. Xotini ertalabgacha boy bilan aysh-ishrat qilib chiqibdi. Podshovachcha uyqudan turgan bo‘lib, ko‘zini ochsa, yonida xotini «yaxshi uxlab turdingizmi» deb turgan emish.
Podshovachcha hech narsani sezmaganday, xotiniga yaxshi so‘zlar aytib, kulib, erkalabdi. «Kechagi voqeani aytay-chi, otamning do‘sti nima maslahat berar ekan», deb o‘ylab, ko‘chaga chiqibdi. Ko‘chada otasining do‘stini ko‘rib qolibdi. Uni chaqirib, to‘xtatib, bir chekkaga olib chiqibdi-da, kechasi ro‘y bergan voqealarni bittasini ham qoldirmay aytib beribdi.
— Bo‘lmasa, bundoq qilasiz, — deb maslahat beribi otasining do‘sti, — bozorga borib baquvvat-baquvvat yigitlardan to‘rttasini tanlab olasiz. Ularni uyoga olib kelib, «falon so‘mdan beraman, men aytgan narsamni indamay bajarasizlar», deb tayinlaysiz. Keyin xotiningizni tashqariga olib chiqib, rosa do‘pposlaysiz, xotiningiz jonidan o‘tgandan keyin, «dod» deganicha ammavachchasi bo‘lmish boynikiga yetib boradi. Boyni yetaklab, sizni boshlab shahar qozisining oldiga boradi. Xotiningiz chiqaman deydi, siz to‘yda o‘n ming ketgan, to‘lasin, deysiz, oxiri besh ming bersa rozi bo‘lavering. Keyin uyni sotishni ayting, bahosini yigirma ming tilla deng, keyin nima bo‘lishini ko‘ra berasiz.
Podshovachcha otasining do‘stidan bu maslahatni eshitib, uyiga kirib:
— Xotin, men bir bozorga borib kelay, — debdi. Bozorga borib to‘rtta, tog‘ni ursa talqon qiladigan yigitlardan yollab olib uyiga qaytibdi, ularni xotiniga bildirmay mehmonxonaga joylabdi. Podshovachcha choy ustida xotini bilan gap talashib qolib, uni tashqariga sudrab chiqib rosa iylabdi. Xotin, «dod» deganicha ko‘chaga yugurib chiqib, to‘ppa-to‘g‘ri do‘kondor boynikiga boribdi. Uni ergashtirib uyga qaytib, podshovachchani ham olib, shahar qozisining oldiga boribdi:
— Qozi pochcha, — debdi xotin, — meni mana bu zolimdan ajratib qo‘ying. Bo‘lmasa, birdamas-birda urib o‘ldirib qo‘yadi.
Shunda yigit ham:
— Men ham ajralaman, ammo to‘yda sarflangan o‘n ming tillani qaytarsin, — debdi.
Orada yana janjal ko‘tarilibdi, xotin «besh ming beraman» desa, podshovachcha «o‘n ming berasan» dermish, oxiri qozining hukmi bilan xotin besh ming tilla beradigan bo‘libdi. Podshovachcha pulni sanab, yoniga solib olibdi. Keyin qoziga yuzlanib turib:
— Qozi pochcha, — debdi, — xotindan ajraldim, endi shaharda turish menga o‘lim, hovlimni sotib, boshqa yurtga ketaman. Hovlimni siz olmaysizmi?
Bu gapni eshitib, boy bilan xotinning ko‘zlari qinidan chiqib ketay debdi. Shoshib-pishib, birdaniga «necha pulga sotasan?» — deb so‘rashibdi.
— Yigirma ming tilla, — debdi podshovachcha.
Qozi o‘n ming tilla qilibdi. Xotin bilan boy, yerto‘ladagi oltin to‘la xumlarni o‘ylab, hali zamon qozi yigirma mingga bo‘lsa ham olib qo‘yadi, deb vahimaga tushib, «Mayli, aytgan yigirma ming tillangga biz olamiz», deyishibdi.
— Qozi pochcham rozi bo‘lib hukm qilsalar, men nima ham der edim, — debdi podshovachcha.
Qozi hovlini yigirma mingga hukm qilibdi. Boyda o‘n ming tilla bor ekan, xolos, qolgan o‘n ming tillani undan-bundan qarz-havola qilib topib, podshovachchaga beribdi. Podshovachcha: «O‘n kundan keyin ko‘chib kela beringlar», deb aytibdi.
Besh ming xotin puli, yigirma ming uy pulini yoniga tugib olib, podshovachcha to‘ppa-to‘gri haligi otasining do‘stinikiga kelibdi. Bo‘lgan voqealarni ipidan ignasigacha qoldirmay batafsil aytib beribdi.
— Bo‘lmasa, har bir daqiqa g‘animat, men to‘rt kishilik palov tayyorlab turaman, sen darrov borib, haligi to‘rt mardikorii olib kel, — debdi otasining do‘sti.
Podshovachcha borib, kutib turgan to‘rt mardikorni yetaklab kelibdi, oshni yeganlaridan keyin uyga borib yerto‘laga ko‘milgan xumdagi tillani olib, yana otasining do‘stinikiga kelibdi. To‘rt mardikorga aytgan pulini berib javob berib yuboribdi.
Oradan o‘n kun o‘tibdi, podshovachcha bir boladan boyga:
— «Uyni bo‘shatdim, bemalol ko‘chib kela bering!»— deb xabar yuborib, o‘z ishi bilan band bo‘la beribdi.
Endigi gapni boy bilan xotindan eshiting: Boladan uyning bo‘shatilganini eshitgan boyning suyunganidan yuragi yorilib ketay debdi. Boy bilan xotin shoshib-pishib uyga ko‘chib kelishib, «ahmoq podshovachchani rosa bopladik-da!» deyishibdi.
Ertasiga ikki ming tilla qarz olgan savdogar boyni chaqirib kelib qolibdi.
— Boy, olgan ikki ming tilla qarzingizni bersangiz men savdoga jo‘naydigan bo‘lib qoldim, — debdi.
— Xo‘p bo‘ladi, hozir olib chiqaman, — deb boy xotinining oldiga boribdi.
— Savdogar ikki ming tillasini qistab kelibdi, qani yur xotin, yerto‘laga ko‘milgan xumdagi tillalarni olib chiqaylik, — debdi.
Ikkovlashib yerto‘laga tushishibdi. Qarashsa, xum yo‘q emish, qup-quruq o‘ra turgan emish, xolos.
— Bu qanday gap bo‘ldi, manjalaqi! Sen meni uyimdan, bor pulimdan ayiribgina qoldirmay, o‘n mmng tilla qarzdor ham qilib qo‘yding-ku! — deb, boy yonidan pichog‘iii olib xotinga uribdi. Xotin yerto‘ladan chiqiboq, tashqarida jon beribdi. «Buni ko‘rsa, meni olib borib osishadi. Osilgandan ko‘ra pichoqda o‘lganim ma’qul», deb boy pichoqni o‘ziga uribdi. Bir nafasda boy ham o‘libdi.
Savdogar, boy bobo nega kechikib ketdi, deb uzangiga oyog‘ini tirab devordan qaragan ekan, hovlida bir xotin bilan bir erkak kishi qip-qizil qoniga belanib o‘lib yotgan emish. O‘likning boy ekanligini tanib qolib, «Obbo, xudo qoq-tepamdan urdi-ku, qarzimni to‘lagandan ko‘ra o‘lganim ma’qul deb, boyi tushmagur oldin xotinini o‘ldirgan, keyin o‘ziga pichoq urgan. Endi bu yerdan tezroq qochib qolmasam bo‘lmaydi, biron kishi ko‘rib guvohlikka o‘tasan deb, qozima-qozi sudrab yuradi», deb savdogar ham kelgan tomoniga quyon bo‘libdi.
Endigi gapni podshovachchadap eshiting: Podshoning do‘stini o‘n olti yoshli go‘zal bir qizi bor ekan. To‘y-tomosha qilib qizni podshovachchaga beribdi. Kundan-kun o‘tib podshovachchaning xotini homilador bo‘libdi, oy-kuni ham yaqinlashib qolibdi.
Podshoning Yaman viloyatida Hoji Asat degan karvonboshi oshnasi bo‘lar ekan. Savdo ishi bilan har yili bir kelib ketar ekan. O‘sha yili ham kelib, karvon saroyiga tushibdi. Saroybondan podshoning o‘lganini eshitib, qatoridagi qirqta karvoni bilan fotiha o‘qigani boribdi. Podshovachcha va uning qaynatasi karvonboshini rosa ziyofat qilishibdi. Ketish oldida podshovachchaning qaynatasi:
— Marhamatli karvonboshi, kuyovimizni birga mamlakatingizga olib ketsangiz. Hech bo‘lmasa savdogarchilikni o‘rgansin, — debdi.
Karvonboshi:
— Bu bola hech yerga bormagan, hech yerni ko‘rmagan, qanday qilib savdogarchilik qila oladi, — debdi.
— Sizning rahbarligingizda savdo-sotiqni o‘rganib olsa ajab emas, — debdi qaynatasi.
— Xo‘p, olib ketsak olib keta qolaylik, — debdi karvonboshi.— Tayyorlikni ko‘ra bersin, biz tuyalardagi narsalarni pul qilib, qaytib kelib, olaketamiz.
Qaynatasi kuyoviga savdo-sotiqni o‘rganing deb, qirq tuyaga mol qilib beribdi. Boz ustiga ikki xizmatkor, uch ot beribdi.
Karvonboshi mollarini pullab, kech payt kirib kelibdi. U kuni ham ziyofat ustiga ziyofat bo‘libdi. Ertalab tong otar paytida podshovachcha karvonboshi bilan yo‘lga tushibdi. Ketish oldida qaynatasi:
— Bolam, hamma vaqt Qoravoy karvonboshining gapiga quloq soling. Nima desa o‘shani qiling. Yo‘lda katta bir daryodan o‘tasizlar, daryodan o‘tgandan keyin «Manzilobod» degan mazgil keladi. Shu mazgilda aslo yotmanglar, — deb tayinlabdi.
Podshovachcha Qoravoy karvonboshi boshchiligida «hayyo-hu» deb yo‘lga tushibdi. Yo‘l yurishib, yo‘l yurishsa ham mo‘l yurishib, bir daryoyi azimga yetib kelishibdi. Bir iloj qilib, daryodan o‘tib olib, yo‘lni davom ettirishibdi, kundan-kun, oydan-oy o‘tib, bir manzilga yetib kelishibdi. Bunday joyni hali hech kim ko‘rmagan emish. Turli-tuman gullar ochilib, shoxlarida bulbullar sayrab turgan emish. Karvonboshi: «Turg‘unboy akaning tayinlagan joyi shu bo‘lsa kerak», deb bu manzilda yotib qolmasliklarini aytibdi.
— Shunday obod joyda dam olmay qayerda dam olamiz. Buning ustiga kun ketib qoldi, kechasi qorong‘ida timirskilanib-turtinib yurgandan ko‘ra shu yerda qolganimiz ma’qul emasmi, — deb so‘zida turib olibdi podshovachcha.
Qoravoy karvonboshi bilan karvonlar bir tomon bo‘libdi, podshovachcha bir tomon bo‘libdi. «Bu joyda to‘xtamaymiz», — deb ular aytisharmish. «Yo‘q, bu joydan yaxshiroq joy topolmaymnz», deb podshovachcha aytar emish. Oxiri bo‘lmabdi, Qoravoy karvonboshi podshovachchaning yolg‘iz o‘zini qoldirib jo‘nab ketmoqchi bo‘libdi. Keyni: «Qaynatasi menga ishonib qo‘shib bergan edi, buni yolg‘iz tashlab ketish odamgarchilikdan emas», deb tunashga majbur bo‘libdi.
Endi yotaylik deb turishgan ekan, qayoqdandir oy desa og‘zi, kun desa ko‘zi bor bir qiz paydo bo‘lib qolibdi, yoshi o‘n sakkizlarda emish. Husnining shu’lasiga qorong‘i kecha kunduzdagidek bo‘lib ketibdi. Yonida ola mushugi ko‘zini chaqnatib, dumini gajak qilib turganmish. Qiz podshovachchaga qarab, labini tishlab, biqinini ushlab, og‘zidagi saqichiii qars-qarslatib tura beribdi. Avvaliga savdogar karvonlar qizga e’tibor qilishmabdi. Keyin qiz qo‘liga tilla dutorini olib mashq qila ketibdi. Bir mahal hamma mast bo‘lib mudrab uyquga ketayotgan emish. Qiz mashqni to‘xtatibdi.
Podshovachchasi tushmagur birpasda haligi qizga xushtor bo‘lib qolibdi. Qizning ishqi jigaridan teshib o‘tibdi.
— Isming nima? —  deb so‘rab qolibdi podshovachcha qizdan.
— Otim Bo‘tako‘z, — deb javob beribdi qiz, noz-karashma bilan. Keyin: «Men bilan garov o‘ynaydigan mard bormi?»— debdi.
Erdan sado chiqsa chiqibdiki, o‘tirganlarning birontasidan bir og‘iz sado chiqmabdi.
— Oralaringda men bilan garov o‘ynaydigan mard bormi? —  deb uchinchi martaba so‘raganda, podshovachcha o‘rnidan turib:
— Garovni mana men o‘ynayman. Nimadan garov o‘ynaymiz? — debdi.
Qiz:
— Mana bu ola mushugimni ikkimizning o‘rtamizga o‘tkazib qo‘yib, o‘n qadoqlik yog‘ ketadigan chiroq bor, unga o‘n kadoq yog‘ quyib, uni yoqib mushukning boshiga o‘rnatamiz. Mushuk chiroqni ertalabgacha boshidan tushirmay cho‘nqayib o‘tirganicha o‘tirib chiqadi. Mushuk ertalabgacha boshidan siroqni tushirmay chiqsa men yutganim, bordi-yu, qimirlab chproqni tushirib yuborsa, mening yutqizganim, sizning yutganingiz.
— Buni qarang-a, — debdi podshovachcha, — o‘zi mushuk bo‘lsa-yu, boshidan o‘n qadoqli chiroqni ertalabgacha tushirib yubormasa-ya, bu bo‘lmagan gap. Garovda men yutaman. Garov nimadan, o‘ynaganim bo‘lsin, — debdi podshovachcha.
— Sizning xohishingiz, nimadan o‘ynaymiz desangiz o‘shandan o‘ynaymiz.— debdi qiz.
— Qirq tuyada molim bor, o‘shandan o‘ynaymiz, — debdi podshovachcha.
Bu gapni eshitib Qoravoy karvonboshining jon-poni chpqib ketibdi. Shoshib-pishib uning qulog‘iga:
— Podshovachcha, garovni o‘ynamang, qizga yutqizib qo‘yasiz, — deb shivirlabdi karvonboshi.
— Yutqizsam yutqizarman, — deb so‘zida turib olibdi podshovachcha.
Shu payt qiz podshovachchaga yaqinroq kelib:
— Qani, boshladik, — debdi.
Qiz o‘n qadoqlik chiroqqa o‘n qadoq yog‘ solib, uning piligiga o‘t qo‘yib, cho‘nqayib o‘tirgan mushukning boshiga o‘rnatib qo‘yib, dutorini mashq qilib o‘tira beribdi. Mushukning o‘ng tomonida podshovachcha, chap tomonida qiz Qoravoy karvonboshi boshliq savdogar ham gong otguncha mijja qoqmay mushukka termulib chiqibdilar. Mushuk ertalabgacha qimir etmabdi, kun ko‘tarilganda qiz dutorini yerga qo‘yib, zangni chalib, mushukning boshidan chiroqni olibdi.
Podshovachcha yutqizganligini anglab, o‘zini qayerga qo‘yarini bilmay qolibdi. Qiz xizmatkorlariga tuyalardagi mollarni tushirishni buyuribdi.
Qoravoy karvonboshi, bizning gapimizga kirmading, endi bilganingni qil, biz ketdik, deb tuyalariga mollarini ortib, Yaman viloyatiga jo‘nab ketibdi. Podshovachcha uch ot va ikki xizmatkor bilan nima qilarini bilmay qolaveribdi. Bir vaqt podshovachcha o‘ziga kelib, ikki xizmatkoriga qarab:
— Endi sizlar otlarga minib orqanglarga qaytinglar. Men karvonlar orqasidan jo‘nayman, qayerga borsa boraman, — debdi.
Karvonlar ancha tezlab ketgan ekan, yetolmabdi. Podshovachcha yo‘l yuribdi, yo‘l yursa ham mo‘l yuribdi. Bir shaharga borib qolibdi. Axtarib-axtarib kiradigan joy, yeyarga non, icharga suv topolmabdi, ko‘cha-ko‘yda yashay boshlabdi. Bu orada podshovachcha otini sotib, pulini yeb bo‘libdi. Oxiri gadoychilik qilibdi — bo‘lmabdi, meshkoblik qilibdi — bo‘lmabdi. Bir mantipazga o‘tqalar bo‘lib, zo‘r-bazo‘r tirikchiligini o‘tkazib yuraveribdi. Podshovachchani bu ahvolda qo‘ying-da, ikki og‘iz gapni xotinidan eshiting:
To‘qqiz oy, to‘qqiz kun, to‘qqiz daqiqa deganda xotinining ko‘zi yoribdi. Endi ona erini, bola otasini, qaynatasi kuyovini intizorlik bilan kuta boshlashibdi.
Endigi gapni Qoravoy karvonboshidan eshiting: Yamanga yetib borib, mollarini pullab, yana orqasiga qaytib, kundai-kun, oydan oy o‘tib, do‘sti Turg‘unboy yashaydigan shaharga yetib kelibdi. Karvon saroyga qo‘nib, mollarini endi tushirib bo‘lgan ham ekan, oshnasi yetib kelib:
— Kuyov-o‘g‘limiz qani?
— Yo‘lda gapimizga kirmay, siz qo‘nmanglar, degan joyga qo‘nib, o‘sha yerlik bir qiz bilan garov o‘ynab, bor-yo‘q bisotidan ayrilib, qolib ketgan edi, keyin uchratmadik, — deb janob beribdi Qoravoy karvonboshi.
Turg‘unboy ota «Attang!» — debdi-da, iziga qaytibdi. Otasini xafa ko‘rgan qizi:
— Ota, kuyovingiz qaytmabdimi? — deb so‘rabdi.
— Ha, ering mollarini sotib bo‘lib, men Yaman shahrini tomosha qilib, keyinroq boraman, deb qopti, — debdi otasi.
Tundan-tun, kundan-kun o‘tarmishki, podshovachchadan darak yo‘q emish.
Xotinining rangi somonday sarg‘ayibdi, husni so‘libdi, bir kuni bolasini uxlatib qo‘yib, qo‘liga o‘tkir pichoqni olib, otasining yoniga kirib:
— Ota, — debdi otasiga qarab, — rostini aytsangiz aytganingiz, bo‘lmasa mana shu pichoqni o‘zimga uraman, bebaxt yakka-yu yagona qizingizdan ayrilib qolasiz. Kuyovingiz haqiqatan ham Yaman shahrini tomosha qilaman deb, qolganmi, yoki biron-bir boshqa sabab bilan qolib ketganmi?
Otasi qizining vajohatini ko‘rib, aytmasam o‘zini o‘ldirib qo‘yadi, deb qo‘rqib, Qoravoy karvonboshidan eshitgan gaplarining hammasini aytib beribdi.
— Bo‘lmasa menga ham qirq tuya mol qilib berasiz. Savdogar karvonlar bilan birga borib kuyovingizni, u yutqizgan mollarni ham olib qaytaman.
Shunda otasi:
— Bolam, sen uzoq safarga yurmagansan, buning ustiga kichkina qo‘zichog‘ing bor, uni qayga qo‘yasan? —  debdi.
— Ota, — debdi qizi, — uzoq safarga chiqmagan bo‘lsam chiqmagandirman, endi chiqsam nima qipti. Bolamga bir iloj qilib siz qarab turarsiz. Agar aytganimga ko‘nmasangiz, pichoqni o‘zimga bir uraman-da, o‘laman ketaman!
Otasi o‘ylanib, «Bittayu-bitta qizim bo‘lsa, qarab tursam kundan-kun so‘lib boryapti. Endi «bormasam o‘zimni o‘ldiraman» deyapti. Nomus kuchlik o‘zi o‘zini o‘ldirib qo‘ysa, bittayu-bitta bolamdan ayrilib qolmayin», deb:
— Qizim, eringning yonig‘a borishga ahd qildingmi? —  deb so‘rabdi otasi.
— Ha, ota, ahdim ahd! — debdi qizi.
Otasi rozi bo‘lib, «mayli, borsang bora qol!» debdi. Keyin qizining aytganini qilibdi-da, karvon saroyga borib Qoravoy karvonboshiga uchrabdi.
— Do‘stim, — debdi ota, — qizim sizlar bilan ketishga mendan ruxsat so‘radi. Sizlarni o‘n besh kun kutishsin. O‘n besh kunlik xarajatlaringizni men ko‘taraman, — depti.
Qoravoy karvonboshi o‘ylanib turib, rozilik beribdi.
Podshovachchaning xotini ikkita yangi tug‘ilgan sichqon bolasini ushlab olib, ular bilan o‘n besh kun kechasi demay, kunduzi demay shug‘ullanibdi. O‘n besh kun deganda sichqonlar «kisht» desa yugurib o‘rtaga chiqadigan, «isht» desa ichkariga kiradigan bo‘libdi. Erkakcha kiyib, sochini boshiga turmaklab telpakni kiyib, «kisht-isht»ga o‘rgatgan ikki sichqonini qo‘yniga solib, «Og‘a, Qoravoy karvonboshiga borib ayting, men jo‘nashga tayyorman», — debdi.
Otasi podshovachchadan qolgan oltinlardan sotib qirq tuyaga mol qilib, qiziga uch ot berib, ikki mardikor qo‘shib, «Oy borib, omon kelgin», deb yo‘lga solib yuboribdi.
Karvon yo‘l yuribdi, yo‘l yursa ham mo‘l yuribdi. Bir payt oldingi o‘tgan daryoi azimga stib kelib, undan eson-omon o‘tib, yo‘lda davom etaveribdilar.
Oydan-oy, kundan-kun, o‘tib, haligi manzilgohning ustidan chiqib qolishibdi. Manzil yana ham go‘zal joyga aylanib qolgan emish. Sonsiz-sanoqsiz buloqlardan zilol suvlar qaynab chiqib turgan emish, rango-rang gullarning shoxlarida qumri, to‘ti, bulbullar nag‘ma chalayotgan emish. «Otam yotmanglar deb tayinlagan, erim qaysarlik qilib tunab, garovda mol-dunyosidan ajralgan joy shu yer bo‘lsa kerak», — deb o‘ylabdi podshovachchaning xotini, keyin Qoravoy karvonboshiga qarab:
— Shu yerda tunasak-chi, — debdi ayol.
— E, nima deyapsiz, — debdi Qoravoy karvonboshi, — bu yerda yotib qolishni xayolizga ham keltirmang. Bu yerda yotgan odam hech omon ketgan emas. Bilsangiz, eringizning sharmandasi ham xuddi shu yerda chiqqan-ku, axir.
— To‘g‘ri, erimning shu yerda rasvosi chiqqanini eshitganman. Shuni bilib turib shu yerda tunasak deyapman. Shu yerda qolaylik, agar garovda yutqizsam sizlarning qirq tuyadagi mollaringizni ham to‘layman, — deb ayol qattiq turib olibdi. Oxiri bo‘lmabdi, saroyga tuyalarni cho‘ktirib, ular ustidagi mollarini tushirib, ovqatlanishga o‘tirgan ekanlar hamki, ro‘parada qo‘lida oltin dutor ushlagan bir qiz paydo bo‘libdi.
Qiz juda go‘zal emish, oy desa og‘zi bormish, kun desa ko‘zi bormish. Mayda qilib o‘rilgan qirq kokili to‘pig‘ini o‘parmish.
Qiz tilladan bo‘lgan dutorini mashq qilib, labini tishlab, biqinini ushlab, saqichini «qars-qurs» chaynab turib:
— Qani, oralaringda biz bilan garov o‘ynaydigan mard bormi? —  debdi.
Erdan sado chiqsa chiqibdiki, o‘tirganlarning birontasidan «g‘ing» degan ovoz chiqmabdi. Qiz ikkinchi marta so‘raganda, erkakcha kiyim kiygan podshovachchaning xotini o‘rnidan turib:
— Men o‘ynayman. Nimadan o‘ynaymiz? — debdi.
— Yonimdagi ola mushukni ikkimizning o‘rtamizga o‘tqazib qo‘yib, o‘n qadoqlik yog‘ ketadigan chiroqni yondirib boshiga o‘rnataman. Mushuk chiroqni boshidan tushirib yubormay ertalabgacha o‘tirib chiqadi. Mushuk chiroqni ertalabgacha boshidan tushirmasa garovda men yutgan bo‘laman, bordi-yu boshidan tushirib yuborsa, sening yutganing, — debdi qiz.
— Garovni o‘ynaganim bo‘lsin, — debdi podshovachchaning xotini. — Sharti nimadan?
— Sizning xohishingiz, nimadan o‘ynaymiz desangiz o‘shandan o‘ynay beramiz, — debdi qiz.
— Mening qirq tuyada molim bor. Anavi o‘tirgan qirq bir savdogarning qirq bir tuyada moli bor. O‘shandan o‘ynaymiz, — debdi podshovachchaning xotini.
— Men roziman, — debdi qiz.
Bu gapni eshitib, Qoravoy karvonboshining boshidan hushi uchibdi, podshovachchaning xotiniga qarab:
— Garovga molni tikmang, bu jodugarga yutqizib sharmanda bo‘lamiz, — debdi.
— Parvo qilmang, — debdi xotin.
Shu payt haligi qiz o‘n qadoq yog‘ quyilgan chiroqni yoqib, mushukni yetaklab, ayolning oldiga kelib:
— Qani, boshladik, — debdi.
Mushukni o‘rtaga o‘tqizib qo‘yib, tilla dutorda mashq qilib o‘tiraveribdi. Savdogar karvonlar bir burchakda har birining uyqusi qochib, «podshovachchaning xotini albatta yutqizib qo‘yadi, biz bo‘lsak, ham moldan, ham otlardan ayrilib, piyoda qolib, cho‘lu biyobonlarda o‘lib ketamiz», deb ming bir tashvishga tushib, mijja qoqmay mushukka termulib o‘tirishibdi. Vaqt o‘ta beribdi, mushuk shu qotganicha qotib, qimir etmay turaveribdi. Qiz ham dutorda mashqini qilib, bamaylixotir o‘tira beribdi.
Podshovachchaning xotini qizga qarab:
— Shu ham mashq qilishmi, qani dutorni menga ber-chi, bir mashq qilib ko‘ray, — debdi.
Qiz oltin dutorni ayolga beribdi.
Podshovachchaning xotini mashq qila boshlabdi, u chalgan kuydan savdogar karvonlar uxlab qolibdi. Ammo qiz termulganicha termulib o‘tirgan emish, podshovachchaning xotini ikkinchi kuyni chala boshlabdi, uni eshitgan qiz erib ketib, mudray boshlabdi.
Podshovachchaning xotini uchinchi kuyni chalganda qiz uyquga ketib qolibdi. Podshovachchaning xotini bir qo‘lida dutorni chalib turib, ikkinchi qo‘li bilan qo‘ynidagi sichqonlarni olib qo‘yib yuboribdi. Sichqonlar yo‘rg‘alaganlaricha, mushukning ro‘parasiga borib «chiy-chiylashib» tura bsrishibdi. Sichqonlarni ko‘rgan mushukning qulog‘i tikkannb, mo‘ylovi nayza-nayza bo‘lib, unga tashlanibdi.
Shunda boshidagi chiroq yerga tushib chilparchin bo‘libdi. Sharpadan qiz ham, savdogar karvonlar ham uyg‘onib ketishib qarashsa, podshovachchaning xotini dutorni chalib o‘tirgan emish, mushuk mayda-mayda bo‘lib ketgan chiroq ustida ko‘zidan yoshini to‘kib turgan emish. Podshovachchaning xotini sichqonlarga qarab sekin «isht» degan ekan, ular darrov xotinning qo‘yniga qaytib kirib ketishibdi. Haligi qiz mushukning yoniga kelib, uni tepib urib:
— Biz yutqizdik, butun umrim bo‘yicha garovda yutgan mollar ham, o‘zim ham sizniki bo‘ldim, — deb boshini egib tura beribdi. Savdogar karvonlarning ichiga yorug‘ kirib, o‘zlarida yo‘q xursand bo‘lishibdi. Ertalab azonda savdogar karvonlar yutib, olingan mollarni tuyalarga yuklab, «foydani shu yerdayoq qildik» deb, jo‘nash taraddudini ko‘ra boshlabdilar.
Podshovachchaning xotini yutib olgan qirq tuya molni tuyalarga orttirib, ikki xizmatkor bilan otasining oldiga jo‘natib yuborib, qolgan qirq tuya molni olib, qizni ergashtirib Yamanga yo‘l olibdi.
Kundan-kun oydan-oy o‘tib, Yamanga ham yetib kelib, bir karvon saroyga tushishibdi. Shahzodaning xotini Bo‘tako‘z oyimni bir xonaga o‘tqazib qo‘yib, o‘zi otlanib rastama-rasta podshovachchani axtarib ketibdi. Kechga yaqin bir rastaning oldida o‘tirgan podshovachchaga uning ko‘zi tushibdi. Podshovachchaning sochlari o‘sib yelkasiga tushgan, ko‘zlaridan nuri ketib, yiring bosib ketgan emish. Kiygan ust-boshiga qarab bo‘lmas emish. Ayol otdan tushib, mantixonaga kirib, mantipaz bolani chaqirib:
— Bir tovoq somsa bilan bir tovoq manti qilib, hu anavi shumshaykb o‘tirgan kishidan kiritib yuboring, — debdi.
Mantipaz bu so‘zni eshitib ag‘rayib qolibdi.
— E, og‘a, — debdi u mehmonga qarab, — uning qo‘lidan ovqat yeb bo‘larmidi, ishtahangiz bo‘g‘ilib qoladi, achib-sasib yotibdi-ku, axir. Hidiga aslo turolmaysiz! Menda o‘t qalar edi, sasib-achib ketgandan keyin haydab yuborganman. Har kuni kelib qolgan-qutgan ovqatlarni yeb ketib yuradi bechora. Ovqatni o‘zim olib kela qolay.
— Yo‘q, — debdi ayol, — mantilarni o‘sha kishidan berib yuboring.
Mantipaz noiloj bir tovoq manti bilan bir tovoq somsani podshovachchadan kiritib yuboribdi.
Podshovachcha qo‘rqa-qo‘rqa ovqatlarni ko‘tarib xotinining oldiga kirib kelibdi. Xotini erini tanibdi, ammo podshovachcha xotinini tanimabdi, ovqatni qo‘yib yerga qaragancha, chiqib ketayotgan ekan, xotini unga qarab shunday debdi:
— Borib yuz-qo‘llaringni yuvib kel, birga ovqatlanamiz
Podshovachcha unamasa ham qo‘ymabdi. Keyin qo‘rqa-qo‘rqa ariqdan borib yuz-qo‘llarini yuvib qaytib kiribdi. Er-xotin birga ovqatlanishar emishu, ammo podshovachcha yonida o‘tirgan erkak kiyimidagi xotinini fahmlamasmish. Ovqatni yeb bo‘lishib, bir choynakdan ko‘k choy ichishibdi. Podshovachchaga sal jon kirib, yuziga qizil yuguribdi.
— Ovqatlanib bo‘ldingizmi? —  debdi xotini.
— Rahmat, aka, ovqatlanib bo‘ldim, — debdi podshovachcha.
— Ovqatlanib bo‘lgan bo‘lsangiz, bir savol bersam maylimi? — debdi ayol.
— Mayli, — debdi podshovachcha.
— Bu shahar odamiga o‘xshamaysiz, qaysi shahardansiz? — deb so‘rabdi ayol.
Ayol bu savolni bir necha takrorlabdi, ammo podshovachchaning og‘zidan «lom-mim» degan nido chiqmabdi.
Oxiri ayol:
— Nima sababdan o‘zga yurtlarda xor-zor bo‘lib yurasiz «Boshqa yurtda podsho bo‘lguncha o‘z yurtingda gado bo‘l!» deggi so‘zni eshitmaganmisiz? —  debdi.
Ayolning gapi ta’sir qilib, podshovachcha bir «oh!» tortib:
— Boshimdan o‘tganni so‘zlasam so‘zlay qolay, — debda. Keyin shoshilmay, ko‘rgan-kechirganlarini hech birini qoldirmay bir boshdan so‘zlay ketibdi. Ertalab tong otibdi hamki, podshovachchaning hikoyasi tugamabdi. Tush paygi bo‘lganda podshovachcha: «Keyin siz ko‘rib turgan shu ahvolga tushib qoldim», deb hikoyasini tugatibdi.
— Xafa bo‘lmang, — debdi ayol, uni yupatgan bo‘lyab, — Misr shahrining odami ekansiz. Biz ham Misrdanmnz. Keyin, sizni bu yerdan chiroyli bir ayolga uylantirib qirq tuyaga molni yuklab, ikkita xizmatkor qo‘shsak, biz bilan birga Misrga kegasizmi? —  deb so‘rabdi.
Podshovachcha yerga qarab turib, ho‘ngrab yig‘lab yuboribdi.
— Mana bu oltinni oling-da, — debdi ayol, — somsapazga berib, tez qaytib keling.
Podshovachcha somsaning pulini somsapazga berib, tez qaytib kelibdi.
— Endi sartaroshga borib soch-soqolingizni oldiring, bozordan eng yaxshi kiyimlardan olib, hammomga boring, kechqurun falon joydagi karvon saroyga keling, — debdi xotini.
Podshovachcha ayol aytganidek qilib soch-soqollarini oldirib, bozordan shahzodalar kiyadigan kiyimlardan olib, hammomga tushib, yuvinib-taranib, kech payt mehmon aytgan karvon saroyga boribdi. Katta bazm qilib, Bo‘tako‘zni podshovachchaga nikoh qilishibdi. Ertalab podshovachchaga qirq tuyaga molni yuklab berib, unga ikki hamroh qo‘shib Misrga jo‘natibdi, keyin tuyalardagi mollarni pullab, o‘zi ham jo‘nabdi, jadallab podshovachchaga yetib olibdi-da, Misrga uch kunlik yo‘l qolganida u podshovachchaga qarab shunday debdi:
— Shahzoda degan nomingiz bor, ikkinchidan, safarda ancha yuribsiz. Shundoq kirib borsangiz sha’ningizga isnod bo‘lar. Men otimni qichab shaharga ertaroq yetay-da, kelayotganingiz xabarini ota-onangizga bildiray. Kutib olishsin! — debdi.
Podshovachcha rozi bo‘libdi. Xotini qichab yo‘lga tushibdi. Ayol uyiga yetib kelib, otasi va bolasini ko‘rib, hol-ahvol so‘rashib, erkak libosini yechib tashlab, ayol libosini kiyib o‘tira beribdi. Oradan uch kun o‘gibdi, podshovachcha qirq tuya yuki, yonida Bo‘tako‘z yori bilan kirib kelibdi. Podshovachcha uyga kelib, xotiniga ham, bolasiga ham e’tibor qilmabdi, kecha-yu kunduz Bo‘tako‘z bilan bo‘laveribdi.
Podshovachcha kelibdi, deb qarindosh-urug‘lar, tanish-bilishlar yig‘ilishibdi. Katta bazm boshlanibdi. Podshovachcha to‘rda o‘tirib, ko‘rgan-kechirganlarining biriga o‘n yolg‘onni qo‘shib hikoya qila ketibdi. Xotini eshitib o‘tirsa, podshovachcha butunlay yolg‘on gapirayotgan emish. Yoniga kelgan ekan, «Nari tur, sen ham xotinmisan», deb jerkib beribdi.
Shunda ayol, «Qirq tuyaga yukni ortib, safarga chiqib, yo‘lda garovga yutqazib qo‘ygan bolam», deb bolasini o‘ng tizzasiga olibdi, «Shaharma-shahar yurib devonachilik qilib, keyin somsapazga shogird tushib, oxiri haydalgan bolam», deb bolasini chap tizzasiga olibdi.
«Bir kimsa oldiga chaqirib, ovqatlantirib, musofirmisan deganda ho‘ngrab yig‘lagan bolam», deb bolasini yana o‘ng tizzasiga olibdi, «Bir ayolga uylantirib qirq tuya mol qilib bersak shahringizga borasizmi?» deganda shu gapni aytgan kishining oyog‘iga yiqilib uni o‘pgan bolam», deb bolasini yana chap tizzasiga olibdi.
Shunda podshovachcha yalt etib xotiniga qarabdi, uni tanib, yugurib oldiga kelib oyog‘iga yiqilib uni o‘pib:
— Men ahmoq, nodonni kechir! — debdi.— Mening ko‘zim endi ochildi, birinchi avliyo otam ekan: otam mehnat qil yoki hunar o‘rgan, desa gapiga kirmay, yomon yo‘lga kirdim; ikkinchi avliyo qaynatam ekan: safarga otlantira turib tunama degan joyda tunab, aytganini qilmay, sharmandai sharmisor bo‘ldim. Uchinchi avliyo sen ekansan: sening yaxshiliklaringni bilmay ko‘r bo‘ldim.
Podshovachcha shunday debdi-da, qilichini sug‘urib Bo‘tako‘zni chopmoqchi bo‘lgan ekan, xotini «bunda ayb yo‘q!» deb o‘rtaga tushib, Bo‘tako‘zni olib qolibdi. Bo‘tako‘zni savdogar karvonlardan biriga nikoh qilib berib, podshovachcha o‘z xotini bilan har yili bir-ikki savdoga borib, tinch farog‘atda yashab, murod-maqsadlariga yetibdi.