Qaldirg‘och

Dunyo birinchi marta barpo bo‘lganda Xudo har xil hayvonlar va odamlami yaratibdi, ularga yeydigan ovqatlarigacha aytib beribdi. U eng keyin ilonni yaratibdi, unga:
— Sen o‘zing mehnat qilib o‘z rizqingni o‘zing top, — debdi. Lekin ilon ko‘nmabdi:
— Men, — debdi ilon, — mehnat qilmay yeyman, o‘zing eng yaxshi go‘shtlarni topib berasan, — debdi. Xudo unga aytibdi:
— Bo‘lmasam sen o‘zing borib hamma hayvon va odamlarning go‘shtidan yeb ko‘r va qaysisining go‘shti senga yoqsa menga kelib aytasan.
Ilon borib hamma hayvonlarning go‘shtidan yeb ko‘ribdi. Unga odamni go‘shti juda yoqib qolibdi. Odam go‘shti shirin ekanda. U Xudoning oldiga kelayotib, osmonda uchib kelayotgan qaldirg‘ochni ko‘rib qolibdi. Uning ham go‘shtini yeb ko‘rmoqchi bo‘libdi. Lekin qaldirg‘och o‘z go‘shtini yedirmabdi. Ilon yaqinlashib og‘zini ochganda, tilini cho‘qib olibdi. Va uchib ketibdi. Ilon tilsiz bo‘lib qolibdi. U Xudoning oldiga kelib, odam go‘shti shirinligini aytmoqchi bo‘libdi, lekin tili bo‘lmaganidan g‘uldirab aytolmabdi. Xudo esa:
— Bor baqalarni yeyaver, — debdi. Shunda ilon yana g‘uldirabdi. Xudo ilonni dumidan ushlab suvga uloqtirib yuboribdi. Shundan beri ilon baqa, baliq kabi hayvonlarni yeb tirikchilik qilar emish.
Qaldirg‘och qilgan bu yaxshiligi uchun ota-bobolarimiz uni uylarida saqlar, unga uyachalar yasar va unga ozor bermas ekanlar.